Bolalarga ruhiy (psixologik) zoʻravonlik

“Ruhiy zoʻravonlik – bu ota-onaning yoki bolaga gʻamxoʻrlik qilayotgan boshqa odamning bolaga nisbatan dushmanlik harakati”.
Body

Bolalarga nisbatan ruhiy zoʻravonlik shakllari:

  1. Bolani rad etish – ota-ona oʻzini xuddi bola yoʻqdek tutadi yoki uni doimiy ravishda oʻzidan uzoqlashtiradi.
  2. Kamsitish yoki qadrsizlantirish – ota-ona doimo bolani tanqid qiladi, kamsitadi, masxara qiladi va sharmanda qiladi.
  3. Qoʻrqitish (zoʻravonlik) – ota-ona bolani tashlab ketish, uydan haydab yuborish, kaltaklash, narsalarini olib qoʻyish, uy hayvoniga yomonlik qilish bilan ogʻzaki tahdid qiladi.
  4. Yakkalash – ota-ona bolani oddiy ijtimoiy muhitdan ajratadi, uning oiladagilar bilan aloqasini, tengdoshlari bilan muloqotini taqiqlaydi.
  5. “Bolani buzish” deb nomlangan xulq-atvorning shakllanishi – ota-ona bolani zoʻravonlik, buzgʻunchi va jamiyatga qarshi har xil xatti-harakatlarga olib keladi.
  6. Boladan foydalanish – ota-ona boladan oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanishi, uni kuchi yetmaydigan yoki hali bajarish uchun tayyor boʻlmagan ishlarni bajarishga majbur qilishi.
  7. Hissiy iliqlikni ulashishdan mahrum boʻlish, zaruriy ragʻbatlantirishning yoʻqligi – ota-onalarda bolaga nisbatan hissiy iliqlik yoʻq.
  8. Ishonchsiz va uygʻun boʻlmagan tarbiya – ota-onaning bolaga nisbatan noaniq yoki ikki tomonlama talablari bor, bu esa uni oilada barqarorlik tuygʻusidan mahrum qiladi.

Ruhiy zoʻravonlikka uchragan bolani qanday aniqlash mumkin?

Ruhiy zoʻravonlikning jismoniy koʻrsatkichlari – bu bolaning oʻsish va rivojlanishdan orqada qolishi, siyib qoʻyishi va najasi kelishi, boshini urishi, tishlash, uyquning buzilishi va bosh ogʻrigʻi hisoblanadi.

Agar siz bolada gʻayrioddiy ruhiy reaksiyalarni sezsangiz, masalan, yaqqol qoʻrquv, biror narsadan qoʻrqish, oʻz salomatligidan tashvishlanish, notoʻgʻri fikr yoki harakatlar, gʻalati xatti-harakatlar, oʻzini yosh bola kabi tutadi, yaʼni bolaning xatti-harakati yoshiga mos kelmaydi, toʻsatdan bolaning tashqi koʻrinishi yoki maktabda oʻzlashtirishidagi oʻzgarishlar, bu ruhiy zoʻravonlikka uchragan bola boʻlishi mumkin.