Bolalarni majburiy emlash
Emlash – bu bolangizni boshqariladigan yuqumli kasalliklardan himoya qilish uchun ishonchli va samarali choralar boʻlib, u vaksinalarni organizmga yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ogʻir va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun bir nechta vaksinalar bilan emlash zaruriydir.
Body
Immunizatsiya insonlarni yuqumli kasalliklardan himoyalash va oldini olish chorasi boʻlib, emlash (faol immunizatsiya) va/yoki tarkibida maxsus antitanachalar va monoklonal antitanachalardan iborat inson immunoglobulinlarini, immunobiologik dori vositalarni (passiv immunizatsiya) organizmga yuborish orqali amalga oshiriladi.
- Baʼzi mamlakatlarda aholini xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishidan himoya qilish maqsadida baʼzi vaksinalar bilan emlash zaruriyligi qonun bilan belgilab qoʻyilgan.
- Odatda bolalarni zaruriy emlash uchun yozma rozilik talab qilinmaydi va shifokor / mutaxassis tomonidan vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy qarshi koʻrsatmalar belgilanmasa, uni rad etish mumkin emas.
- Zaruriy emlashlar roʻyxati har bir mamlakatda qonunga muvofiq tuziladi.