Chekish sogʻliq uchun zarar

Chekish dunyoda, jumladan, bizning mamlakatimizda ham oʻlimning asosiy (oldini olsa boʻladigan) sababidir.
Body

Tamaki “aralashmasi” tarkibida bir necha ming kimyoviy moddalar mavjud! Ularning yuzdan ortigʻi inson tanasi uchun juda zaharli, kamida 70 tasi kanserogenlar toifasiga kiradi.

Tamaki mahsulotlaridan uchta modda alohida ajratiladi:

Nikotin bir necha soniyadan soʻng miyaga taʼsir qiladi, qon bosimini koʻtaradi va yurak urishi tezligini oshiradi. Tamakiga kuchli qaramlikning vujudga kelishida aynan nikotin “aybdor”!

Uglerod oksidi qon oqimi orqali oʻtkazilganda kislorod oʻrnini egallaydi va shu tariqa toʻqimalar va aʼzolarning toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlgan kislorod miqdorini kamaytiradi.

Qoramoy oʻpkada mayda nafas yoʻllarini toraytiradi va kislorod taʼminotiga toʻsqinlik qiladi. Bundan tashqari, u bronxiolalarda toʻplanib, vaqt oʻtishi bilan “chekuvchining yoʻtali”ni keltirib chiqaradi va koʻplab oʻpka infeksiyalarining rivojlanishiga hissa qoʻshadi.

Yuqoridagilarning barchasini hisobga olganda, chekish quyidagi kasalliklarning asosiy sababi ekani ajablanarli emas:

  • oʻpka saratoni;
  • yurakning ishemik kasalligi;
  • oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi.

Bundan tashqari, chekish quyidagilarning paydo boʻlishiga sezilarli hissa qoʻshadi:

  • ateroskleroz;
  • serebrovaskulyar kasalliklar, jumladan, insult;
  • yomon sifatli kasalliklarning 20 dan ortiq turi (ogʻiz boʻshligʻi, halqum, qiziloʻngach, oshqozon, siydik qopi, bachadon boʻyni);
  • oʻtkir respirator kasalliklar;
  • astma / koʻksov (shuningdek, uning kuchayishi!);

Chekish reproduktiv salomatlikning yomonlashishiga ham taʼsir qiladi, yaʼni homilador boʻlishda qiyinchiliklarga olib keladi.

Har yili 8 milliondan ortiq odam chekish oqibatlaridan vafot etadi.