Elektron sigaretlar – yangi tamaki mahsulotlari
Ulardan foydalanish jarayoni veyping (vape – bugʻlanish) deb ataladi, shuningdek, eng mashhur mahsulotlardan biri (mamlakatimizda hali taqdim etilmagan) sharafiga “juuling” (chekish jarayoni) atamasi ham qoʻllanadi.
Birinchi navbatda, yangi tamaki mahsulotlari bilan bogʻliq terminologik chalkashliklarni aniqlash kerak!
Xususan, soʻnggi bir necha yil davomida bozorda yangi avlod qurilmalari – tamaki isitish mahsulotlari (THP) paydo boʻldi, uning texnologiyasi tamakini yoqish oʻrniga isitishga asoslangan. Ushbu qurilmalardagi suyuqliklarda nikotin vosita sifatida mavjud emasligi bois ular odatda elektron sigaret deb tasniflanmagan, biroq ular bilan tenglashtiriladi. Tamaki yuqori haroratda qizdirilishining oʻziga xos jarayoni tufayli ular “tutunsiz” deb ataladi, shunga qaramasdan, ularni nafas bilan chiqarganda qisqa muddatga oz miqdordagi koʻrinadigan bugʻ hosil boʻladi.
Garchi ishlab chiqaruvchilar ushbu qurilmalarni murakkab texnologiya va ilgʻor ilm-fanning inqilobiy aralashmasi sifatida taqdim etishsa-da va ularni oʻzgartirilgan xavfli tamaki mahsulotlari deb eʼlon qilish tarafdori boʻlishsa-da (yaqinda AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan rasman eʼlon qilingan), muhim jihatni unutmaslik kerak:
Ularning asosiy tarkibiy qismi – NIKOTIN, u qaramlikni keltirib chiqaradi va bu sogʻliq uchun yaqqol tahdiddan ham koʻproq xavflidir!
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) fikri aniq – elektron sigaret va boshqa yangi qurilmalarning zararli ekani shubhasiz, ulardan foydalanishni qatʼiy tartibga solish talab etiladi. Chunki...
- Elektron va “tutunsiz” qurilmalar chekuvchilar uchun ham, passiv chekuvchilar uchun ham anʼanaviy sigaretlarga qaraganda salomatlik uchun xavfsizroq ekani toʻgʻrisida hech qanday dalil yoʻq.
- Bu qurilmalar chekishni tashlashga yordam berishi boʻyicha dalillar mavjud emas. Aksincha, anʼanaviy va elektron sigaretlarning ikkalasini ham qoʻllash tobora keng tarqalyapti.
- Yoshlar orasida elektron nikotinli qurilmalardan foydalanuvchilar soni ortib boryapti.
Avvalo, yilning istalgan vaqtida tamakini ichkarida emas, balki kafe yoki restoran tashqarisida chekish “moda”! Ilm-fanning yangi dalillar, tavsiyalar berishini kutayotganimizda – ehtiyot boʻling! Zamonaviy jahon trendlarining ortidan quvishning boshqa usullari ham mavjud...