Emlashga qarshi koʻrsatmalar
Bolalar va kattalardagi baʼzi bir holatlar va kasalliklar emlash uchun qarshi koʻrsatmalar boʻlib, jiddiy nojoʻya taʼsirlarga olib kelishi mumkinligi sababli ularga maʼlum bir vaksinani yubormaslik kerak. Shu sababli shifokor har bir emlashdan oldin shaxsiy va oilaviy kasalliklar tarixi bilan tanishishi va bolani tekshirishi muhimdir.
Body
Emlashga qarshi koʻrsatmalar umumiy va maxsus, davomiyligi boʻyicha vaqtincha va doimiy boʻlishi mumkin.
- Barcha turdagi vaksinalar uchun umumiy qarshi koʻrsatmalar:
- Vaksinaning oldingi dozasiga yoki vaksinaning tarkibiy qismlaridan biriga kuchli allergik reaksiya (anafilaksiya) yuz bergan boʻlsa;
- oldingi emlash dozasiga jiddiy salbiy reaksiya yuz bergan boʻlsa.
- Tirik vaksinalardan foydalanish uchun qoʻshimcha qarshi koʻrsatmalar:
- immun tizimining sust holatlari (tugʻma yoki orttirilgan immun tizim tanqisligi: xavfli oʻsmalar, kimyoviy terapiya bilan davolash, OIV infeksiyasi, kortikosteroidlarning yuqori dozalari, nurlanish va immun tizimining boshqa sustlashish holatlari);
- homiladorlik;
- markaziy asab tizimining kuchayib borayotgan kasalliklari (nazorat qilib boʻlmaydigan epilepsiya, miyaning kuchayib borayotgan kasalliklari);
- Vaqtinchalik qarshi koʻrsatmalar: oʻtkir kasallik va isitma. Emlamani bola tuzalgunga qadar kechiktirish kerak. Ammo yengil yuqori nafas yoʻllari kasalliklari emlash uchun qarshi koʻrsatma boʻla olmaydi.