Hasharot chaqqan joydagi oʻzgarishlarni va allergik reaksiyalarni qanday aniqlash mumkin?

Hasharot chaqishi natijasida sodir boʻladigan oʻzgarishlar va reaksiyalar, chaqilgan joydagi oʻzgarishlar, shuningdek, bolaning butun tanasiga taʼsir qiladigan reaksiyalar sifatida namoyon boʻladi.
Body

Hasharot chaqqan joydagi oʻzgarishlar (mahalliy oʻzgarishlar) koʻpincha quyidagicha namoyon boʻladi:

  • noqulaylik;
  • qizarish;
  • ogʻriq;
  • shish;
  • qichishish;
  • isitma;
  • kichik miqdorda qon paydo boʻlishi.

Keyingi soatlarda mahalliy oʻzgarishlar paydo boʻlgandan soʻng, oʻz vaqtida jiddiy allergik reaksiyaning yuzaga kelishini aniqlash uchun farzandingizning umumiy holatini diqqat bilan kuzatib boring.

Ogʻir holatlarda hasharotlar chaqishidan kelib chiqadigan oʻzgarishlar va reaksiyalar bolaning butun tanasiga taʼsir qilishi mumkin. Agar ushbu holat roʻy bersa, bu ogʻir, hayot uchun xavfli allergik reaksiyaning belgisi boʻlishi mumkin va bu shoshilinch tibbiy aralashuvni talab qiladi. Allergik reaksiyasining eng keng tarqalgan belgilari quyida keltirilgan:

  • butun tanada, shu jumladan, hasharot chaqqan joydan uzoqda ham qichishish va toshmalar kuzatilishi;
  • allergik toshmalar (teridagi qizil dogʻlar);
  • yuz, lablar, koʻz qovoqlari yoki tilning shishishi;
  • tomoq yoki koʻkrak qafasidagi siqilish;
  • yoʻtal;
  • hansirash, nafas olishning qiyinligi va xirillash;
  • koʻngil aynishi, qusish, qorin ogʻrigʻi, ich ketishi;
  • bosh aylanishi va hushdan ketish;
  • yurak urishining zaiflashishi;
  • qon bosimining pasayishi;
  • teri rangparligi;
  • terlash.

Farzandingizda ushbu belgilarning birortasini sezsangiz, darhol tez yordam chaqiring (103), agar siz shifokorga tezroq yetib bora olsangiz, bolani eng yaqin tibbiy muassasaga (poliklinika, tibbiy markaz, shifoxona) olib borishni tashkil qiling.