Immunizatsiya taqvimi

Emlash taqvimi bu – maʼlum yoshdagi bolalarni emlash uchun qoʻllanma hisoblanadi va quyidagilarga asoslanadi: mavjud joriy epidemiologik vaziyat, mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari, shuningdek, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining immunizatsiya boʻyicha ilmiy dalillarga asoslangan tavsiyalari.
Body

Emlash yoshini belgilashda farzandingiz maʼlum bir kasalliklardan imkoni boricha erta va eng yaxshi tarzda himoyalanishi hisobga olinadi.


 

1

sutkada

2–3

kunlik

2 oy

3 oy

4 oy

12 oy

16 oy

6 yosh

7 yosh

9 yosh

16 yosh

BCG

 

BCG-1


 

 

 

 

 

 

 

 
 

VGB

VGB-1

 

VGB-2

(Penta1)

VGB-3

(Penta-2)

VGB-4

(Penta-3)

 
 

 

 

 
 

OPV

   

OPV-1

OPV-2

OPV-3

 

OPV-4

 

OPV-5

   

Rota


 

 

Rota-1

Rota-2 

Rota-3 

           

АKDS


 

 

AKDS-1

(Penta-1)

AKDS-2

(Penta-2)

AKDS-3 (Penta-3)


 

AKDS-4 (Penta-4)

       

АDS-M


 

 
         
 

АDS-М-5

 

АDS-М-6

ИПВ

       

ИПВ

           

HIB

   

HIB-1

(Penta1)

HIB-2

(Penta2)

HIB-3

(Penta3)

           

Pnevmo

   

Pnevmo-1

Pnevmo-2

 

Pnevmo-3

         

KPK


 
 
 

 

 

KPK-1

 

KPK-2

 
 
 

VPCh

                 

VPCh

 

BCG – silga qarshi vaksina; VGB – virusli gepatit B ga qarshi vaksina; AKDS – bogʻma, qoqshol, koʻkyoʻtalga (hujayrasiz koʻkyoʻtal) qarshi vaksina; IPV – sholga qarshi faolsizlantirilgan inyeksion vaksina; OPV – sholga qarshi (ogʻiz orqali ichiladigan) vaksina; Pnevmo – Streptococcus pneumoniae bakteriyalari keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi konyugirlangan vaksina; KPK – qizamiq, tepki va qizilchaga qarshi vaksina, Rota – rotavirusli infeksiyalarga qarshi vaksina; HIB – Hemofilius influenzea b turiga mansub mikroblar keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi vaksina; VPCh – odam papillomasi virusiga qarshi vaksina; ADC-M (boʻgʻma va qoqsholga qarshi revaksinatsiya uchun tozalangan, antitanachalar miqdori kamaytirilgan) anatoksinlar.

Chaqalogʻingiz tugʻilgach, birinchi kunda virusli gepatit B (VGB-1) ga qarshi vaksinaning birinchi dozasini va 2–3-kuni tugʻruqxonadan chiqishdan oldin silga qarshi (BCG) emlama oladi.

2 oyligida farzandingiz besh valentli (PENTA-1) vaksinaning tarkibiga kirgan boʻgʻma, qoqshol, koʻkyoʻtalga qarshi (AKDS-1), Hemofilus influenzae bakteriyasining B turi (HIB) keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi emlashning birinchi dozasini va virusli gepatit B qa qarshi (VGB) emlashning ikkinchi dozasini oladi. Bundan tashqari, sholga (poliomiyelitga) qarshi oral (OPV) emlash, Streptococcus pneumoniae bakteriyalari keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi (Pnevmo-1) va rotavirus keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi (Rota-1) emlashlarning birinchi dozasini oladi.

3 oyligida farzandingiz boʻgʻma, qoqshol, koʻkyoʻtalga (AKDS-2), Hemofilus influenzae bakteriyasining B turi (HIB) keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi emlashning ikkinchi dozasini va virusli gepatit B (VGB) qa qarshi emlashning uchinchi dozasini besh valentli (PENTA-2) vaksina shaklida oladi. Bundan tashqari, sholga (poliomiyelitga) qarshi (OPV) emlashning, Streptococcus pneumoniae bakteriyalari keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi (Pnevmo-2) va rotavirus keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi (Rota-2) emlashlarning ikkinchi dozasini oladi.

4 oyligida farzandingiz boʻgʻma, qoqshol, koʻkyoʻtalga (AKDS-3), Hemofilus influenzae bakteriyasining B turi (HIB) keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi emlashning uchinchi dozasini va virusli gepatit B (VGB) qa qarshi emlashning toʻrtinchi dazasini besh valentli (PENTA-3) vaksina shaklida oladi. Bundan tashqari sholga (poliomiyelitga) qarshi ham ogʻiz orqali ichiladigan (OPV) emlamaning uchinchi dozasi, ham inyeksiya tarzida yuboriladigan faolsizlantirilgan (IPV) emlama va rotavirus keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi (Rota-3) emlashning uchinchi dozasini oladi.

12 oyligida farzandingiz qizamiq, parotit (tepki) va qizilchaga qarshi uch valentli (KPK) vaksinaning birinchi dozasini va Streptococcus pneumoniae bakteriyalari keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi (Pnevmo-3) emlashning uchinchi dozasini oladi.

16 oyligida farzandingiz boʻgʻma, qoqshol, koʻkyoʻtalga ga qarshi toʻrtinchi emlashni (birinchi revaksinatsiya) AKDS-4 shaklida va sholga (poliomiyelitga) qarshi OPV-4 emlashni oladi.

6 yoshida farzandingiz qizamiq, parotit (tepki) va qizilchaga qarshi uch valentli (KPK) vaksinasining ikkinchi dozasini oladi.

7 yoshida bogʻma va qoqsholga qarshi revaksinatsiya qilish uchun tozalangan, antitanachalar miqdori kamaytirilgan ADC-M-5 vaksinasini va sholga (poliomiyelitga) qarshi OPV-5 emlamasini oladi.

9 yoshida qiz farzandingiz VPCh-odam papillomasi virusiga qarshi vaksina oladi.

16 yoshida bogʻma va qoqsholga qarshi revaksinatsiya qilish uchun tozalangan, antitanachalar miqdori kamaytirilgan ADC-M-6 vaksinasini oladi.