Kanalarni olib tashlash
Agar kanani koʻrsangiz, infeksiya ehtimolini kamaytirish uchun uni iloji boricha tezroq va imkon qadar ehtiyotkorlik bilan (chaqqandan keyin dastlabki 24 soat ichida) olib tashlash kerak. Hali teridan olib tashlanmagan kanaga kimyoviy vositalar (spirt, benzin, atseton, moy, krem va boshqalar) qoʻllanmasligi lozim. Kanani faqat toza pinset orqali mexanik usulda olib tashlash kerak, u oldindan spirt bilan dezinfeksiya qilingan boʻlishi shart.
Muolaja quyidagicha bajariladi:
- Kanani chaqqan joyidagi teriga iloji boricha yaqinroq qilib pinset bilan ushlang, uning tanasini yorvormaslik yoki ezmaslikka harakat qiling.
- Kanani teridan olib tashlash uchun pinsetni ehtiyotlik bilan yuqoriga torting, soʻngra uni teridan sekin tortib oling.
- Kanani olib tashlaganingizdan soʻng, chaqilgan joyni dezinfeksiya qiling.
Kanalarni tibbiy muassasalarda olib tashlash tavsiya etiladi (poliklinika, tibbiy markaz va boshqalar), u yerda bola kerakli yordamni oladi va keyingi harakatlar haqida sizga maslahat beriladi.
Agar kanani oʻzingiz olib tashlagan boʻlsangiz (uni toʻliq yoki qisman olib tashlaganingizdan qatʼi nazar), albatta shifokorga murojaat qiling.