Toʻrt valentli emlash (AKDS / IPV)

Usbu vaksina Oʻzbekiston Respublikasining emlash jadvalidagi rejali emlashlar qatoriga kirmaydi.
Body

Vaksina haqida

  • Vaksinada quyidagi antigenlar mavjud: qoqshol va boʻgʻma anatoksini, koʻkyoʻtalga qarshi butun hujayrali vaksina va inaktivirlangan poliomiyelit (virusning uch turi).
  • Ushbu vaksina Oʻzbekiston Respublikasining emlash jadvalidagi rejali emlashlar qatoriga kirmaydi.
  • Vaksina oyoqning son sohasining old yon qismiga mushak orasiga, oʻsmir yoshdagi bolalarga esa yelkaning yuqori qismiga – deltasimon mushakka inyeksiya yoʻli bilan yuboriladi.
  • U boshqa vaksinalar bilan bir vaqtda, ammo tananing boshqa qismiga inyeksiya yoʻli bilan berilishi mumkin.