Pnevmokokk (Streptococcus pneumoniae) infeksiyasiga qarshi vaksinaning kuzatilishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlari

Bolangiz pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlandi va Streptococcus pneumoniae bakteriyalari keltirib chiqaradigan kasalliklardan himoyalandi.
Body

Ushbu vaksinani olgandan keyin, quyidagi nojoʻya taʼsirlar boʻlishi mumkin:

  • ukol qilingan joyda ogʻriq, qizarish va shish;
  • tana haroratining 38 ºC dan oshishi;
  • uyquchanlik;
  • asabiylashish;
  • ishtahaning pasayishi;
  • bosh ogʻrigʻi;
  • oʻzini yomon his etish, axlatning suvdek ketishi;
  • terida toshmalar paydo boʻlishi.

Ushbu holatlar yengil hisoblanadi va oʻz-oʻzidan asoratsiz oʻtib ketadi.

Ukol qilingan joylarda mahalliy nojoʻya taʼsirlar – qizarish, shishlar va ogʻriqlar paydo boʻlganda kompresslardan (issiq yoki sovuq boylamdan) foydalanish tavsiya etilmaydi. Siz ogʻriqni yengillashtirish va isitmani tushirish uchun paratsetamolni (sirop, tabletka) pediatr tomonidan tavsiya etilgan miqdorda (1 martalik miqdori tana vaznining har bir kg ga 10–15 mg) kuniga 4 martagacha berishingiz mumkin. Emlashdan oldin paratsetamoldan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Agar yuqorida sanab oʻtilgan holatlardan boshqa muammolar yuzaga kelsa, pediatr bilan maslahatlashing.

Bir-biriga qoʻshilib ketadigan va qichishadigan toshmalar, yuz va boʻyin shishishi, nafas olish qiyinlashuvi, qon bosimining pasayishi va hushdan ketish kabi kuchli nojoʻya taʼsirlar kam uchraydi. Odatda bunday holatlar emlashdan keyin bir necha minutda paydo boʻladi, bu vaqtda bola hali tibbiyot muassasasida boʻladi va bunday vaziyatlar zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatishni talab etadi.