Qizamiq, epidemik parotit (tepki) va qizilchaga qarshi (KPK) vaksinasini yuborishdan keyin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar

Farzandingiz qizamiq, parotit (tepki) va qizilchaga qarshi kuchsizlantirilgan viruslarni oʻz ichiga olgan emlama oldi. Bu emlama bolangizni ushbu kasalliklardan himoya qiladi.
Body

(KPK) vaksinasi boshqa har qanday vaksina singari baʼzi bir nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular yengil holatda oʻtib ketadi va asoratlar qoldirmaydi.

  • Uchrashi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar:
    • ukol joyida qizarish;
    • tana haroratinining 38 °C dan yuqori boʻlishi;
    • ukol joyida ogʻriq va shish;
    • toshma;
    • asabiylashish;
    • ishtahaning yoʻqoloshi;
    • aksirish;
    • boʻyin, qoʻltiq osti va chov sohasida bezlar kattalashishi;
    • quloq atrofidagi bezlarining shishishi;
    • uyquchanlik;
    • qayt qilish va axlatning suvdek ketishi;
    • yuqori harorat sababli shaytonlash (tirishish, mushaklar tortishishi).
  • Baʼzi holatlarda bolalarda odatda emlashdan 5–12 kun oʻtib, tana haroratining 39 °C gacha koʻtarilishi, toshma toshishi, limfa bezlarining kattalashishi kabi belgilar kuzatilib, “yengil kasallik” kelib chiqishi mumkin. Kasallik yengil kechadi va bir necha kun davom etadi. Bunday holat davolanishni talab etmaydi va asoratsiz oʻtib ketadi.
  • (KPK) vaksinasida qichishish bilan birga toshmalar toshishi kamdan kam holatlarda uchraydi, bu koʻpincha vaksina tarkibidagi boshqa moddalar hisobiga boʻladi. Yuz va boʻyinning shishishi, butun tanaga toshmalar toshishi, nafas olishning qiyinlashishi va qon bosimining pasayishi bilan ogʻir kechadigan haqiqiy anafilaktik reaksiyalar juda kam uchraydi.
  • Agar biron-bir jiddiy (ogʻir) nojoʻya taʼsirlarni yoki yuqorida keltirilmagan belgilarni aniqlasangiz, pediatringizga xabar bering.