Sovuq qotish

Sovuq qotish (yoki tana haroratining pasayishi) – tana harorati 35 °C dan pastga tushganda yuzaga keladigan xavfli holat. Sovuq qotishga olib kelishi mumkin boʻlgan keng tarqalgan sabablar: sovuq havoda kuchli terlash, past haroratli ob-havo sharoitlari, namlik va shamol, suvda choʻkish (ayniqsa suv harorati 10 °C dan past boʻlsa), suvsizlanish va boshqalar.
Body

Sovuq qotishning oldini qanday olish mumkin?

Bolani noqulay ob-havo sharoitlarida, masalan, qor boʻroni va boshqalar taʼsirida qoldirmaslik kerak. Agar ob-havo yomonlasha boshlasa, siz ochiq havoda boʻlsangiz, bolani darhol ichkariga olib kiring!

Ushbu tavsiyalarga amal qiling:

  • Bosh kiyimlar va sovuq havoda kiyiladigan kiyimlar zich toʻqilgan tola (masalan, jun)dan tayyorlangan boʻlishi kerak, chunki u izolyatsiyani taʼminlashi va namlikni oʻtkazmasligi lozim.
  • Tananing sezgir qismlarini (yuz, qoʻllar, oyoqlar) sovuqdan saqlang.
  • Kiyimlar koʻp qatlamli boʻlishi kerak, shunda kiyimlarni ob-havo sharoiti va bolaning jismoniy faolligiga qarab qoʻshimcha kiydirish yoki yechib olish mumkin boʻladi.
  • Agar kiyim nam boʻlsa, iloji boricha bolaga tezroq quruq kiyim kiydiring.
  • Farzandingizga yuqori kaloriyali issiq ichimliklar bering (issiq shokolad va boshqalar). Agar bunday ichimliklar boʻlmasa, suvsizlanishning oldini olish uchun unga iliq suv bering.
  • Bola sovuq qotmasligi uchun sovuqda uzoq vaqt qoldirmang.
  • Agar bola qaltiray boshlasa, faol jismoniy mashqlar oʻylab toping, bolani isiting, issiqlik manbaini toping yoki bolani sovuqdan olib keting.

Sovuq suv havzalari (daryolar, koʻllar, dengiz) yaqinida ehtiyot boʻling va bolaga har doim mos keladigan qutqaruv nimchasini kiydiring.