Yosh bolani stomatologga borishga qanday tayyorlash kerak?
Stomatologga muntazam ravishda borib turish kerak. Birinchi tashrifni bola 6 oylik boʻlganda, keyinchalik yiliga bir yoki ikki marta rejalashtirish kerak. Stomatolog bolangizning ogʻzi va tishlarini tekshiradi, shuningdek, ularni parvarishlash va himoya qilish hamda kariyesga olib kelishi mumkin boʻlgan xavflar haqida gapirib beradi.
Stomatolog bolaning yoshiga qarab:
- rejalashtirilgan koʻrikni oʻtkazadi va chora-tadbirlarni amalga oshiradi: tishda hosil boʻlgan qatlamlarni tozalaydi va qoʻshimcha himoyani taʼminlash uchun ftorli preparatlarni surtadi;
- kariyes aniqlansa, muolaja tayinlaydi. Shifokorga iloji boricha ertalab, bola yaxshi uxlab, dam olganidan soʻng borganingiz yaxshi.
Farzandingiz butunlay notanish vaziyatga duch kelmasligi va qoʻrqib ketmasligi uchun stomatolog qabuliga borishdan oldin u yerda nimalar boʻlishi mumkinligi haqida gapirib bering:
- Xotirjam suhbatlashing, tish sifokoriga borish qiziqarli boʻlishini aytib oʻting.
- Bolaning tushunishini osonlashtiradigan iboralardan foydalaning. Masalan, stomatolog “tishlarni maxsus oynacha bilan tekshiradi”, tishlarni “sanaydi” va ularni “choʻtkasi bilan tosalashi” ham mumkin.
- Uyda “stomatolog” oʻyinini oʻynash bolaga shifokor qabulida nimalar boʻlishini tushunishga koʻmaklashadi. Birinchi siz stomatolog boʻling, uning tishlarini sanang va choʻtka bolan tozalang, keyin rollarni almashing.
- Kariyesni “qurt” sifatida, tishni davolashni esa “maxsus tozalash yoki asalari” sifatida koʻrsatsangiz, uning muolajaga koʻnishi osonroq boʻladi. “Ogʻriq”, “burgʻilash”, “shpris” kabi bolangizni xafa qiladigan va qoʻrqitadigan soʻzlarni ishlatmang.
- Farzandingiz bilan birga stomatologga borish haqidagi kitoblarni oʻqing, rasmlarini tomosha qiling yoki uning yoshiga mos keladigan qiziqarli videoni tomosha qiling.
Stomatolog qabulidan chiqqandan soʻng, boladan tekshiruv qanday oʻtgani haqida soʻrang. Kundalik tish parvarishida va stomatologga muntazam borishda bolangizga oʻzingiz oʻrnak boʻling.
Farzandingizni doimiy ravishda, yiliga ikki marta va zarur boʻlganda tez-tez stomatologga olib boring.