4 oylikdan 6 oylikkacha qoʻl funksiyasini rivojlantirish

Ikkinchi uchoylik qoʻl va koʻz harakatining muvofiqlashishi, oʻyinchoqlarni ushlash, qoʻllar va oʻyinchoqlarni ogʻizga solish, barcha sezgi organlari yordamida “laboratoriya ishlovi” orqali bolani oʻrab turgan dunyoni oʻrganish bilan tavsiflanadi.
Body

Motorikani rivojlantirish

Bola uygʻoq va oʻynashni xohlayotgan boʻlsa, bu uni tekis, qattiq yuzaga (polga, gilamga) qoʻyish va oʻynash uchun qulay vaqtdir.

Bola yotqizilgan holatda:

  • qoʻllarini ogʻziga soladi;
  • oʻyinchoqni ushlab, ogʻziga olib kelish uchun qoʻllarini koʻtaradi;
  • oyoqlarini qorin tomonga koʻtaradi, oyoq kaftlarini bir-biriga ishqalaydi (oyoqlar xuddi qoʻllar kabi “ushlash” uchun ishlatiladi);
  • yon tomonga oʻgiriladi.

Chalqancha holatdan qorni tomonga agʻdarilganda:

  • bola pastga qarab yotib oldin bilaklariga, keyin esa choʻzilgan qoʻllariga tayanadi.

Predmetlarni ushlash va ular bilan oʻynashni rivojlantirish

  • bola taklif qilingan oʻyinchoqqa ikkala qoʻlini ochib simmetrik tarzda choʻzadi;
  • oʻyinchoqni ushlaganida bilakning har tomonga harakatlanishi kuzatiladi: oldinga, orqaga, yon tomonga;
  • olti oylikdan boshlab oʻyinchoqni qoʻldan qoʻlga uzatadi;
  • har bir qoʻlida bittadan oʻyinchoq tutishi mumkin.

Oʻyinchoqlar

  • yumshoq toʻplar;
  • yumshoq shiqildoqlar;
  • turli matolardan toʻqilgan, rang-barang, baland tovushlar chiqarmaydigan, ogʻizga solish uchun xavfsiz boʻlgan oʻyinchoqlar;
  • bola ushlay olishi uchun oʻyinchoqning oʻlchami qoʻlning kattaligiga mos kelishi kerak.

Bolaning rivojlanishi murakkab jarayon boʻlib, uning barcha sohalari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Qoʻl ushlash uchun zarur “asbob” boʻlib, keyinchalik tayanish va himoyalanish, yaʼni bosh bilan yiqilishdan himoyalanishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.