Bola bilan qanday oʻqish kerak?
Bola bilan oʻqish bu – bolani faol jalb qiladigan mashgʻulot va rivojlanishni ragʻbatlantirishning eng keng qamrovli usullaridan biridir. Bu, shuningdek, ota-ona bilan yaqinlik, oʻyinni oʻrganish, soʻz almashish, ragʻbatlantirish, nom berish, kuchli hissiy kechinmalarni taʼminlaydi va bolani oʻrab turgan narsa va hodisalarni oʻrganish va tushunish imkoniyatini beradi.
Body
Siz chaqaloq bilan hayotining dastlabki kunlaridanoq oʻqishingiz mumkin. Quyida yoshidan qatʼi nazar, bola bilan oʻqish boʻyicha tavsiyalar keltirilgan:
- kitobni, mutolaa vaqti va joyini bola tanlaydi. Shu sababli uydagi kitoblar bolaning qiziqishi va koʻnikmasiga mos boʻlishi kerak. Ular bola qoʻlida ushlab turishi, qoʻldan qoʻlga uzatishi, aylantirishi, koʻtarishi uchun qulay kattalikda boʻlishi zarur. Rasmlar ham bolaga mos boʻlishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalar kitoblari odatda oq-qora yoki turli ranglarda, oq fondagi bitta katta shaklga ega boʻladi.
- kitob bolaga qaratilgan holda joylashtiriladi, oʻzingiz bola bilan yuzma-yuz oʻtirasiz. Bu bolaga kitobni oʻrganish, ota-onalarga esa bolaning xatti-harakatlarini, yuz ifodalarini, harakatlarini, ovozini (yoki nutqini) – u qanday oʻrganishni yoki mutolaada qatnashishni xohlayotganini koʻrsatadigan tashabbuslarni kuzatish imkonini beradi.
- oʻqish bu – soʻzlar yoki belgilar bilan oʻynash uchun taklif. Siz yuz ifodasini, nutq tempi va ohangini oʻzgartirib, bolangizning diqqatini jamlashga yordam berishingiz mumkin. Bola koʻrayotgan narsalarni nomlang, lekin keng va ochiq savollar berishni unutmang – kim? nima? qanday? qayerda?...
- oʻqish bu – bola bilan suhbat. Shunday ekan, bolangizga aytish uchun biror narsa oʻylab topish imkoniyatini bering. Savol berganingizda bolaning javobini kutib turing. Ayni paytda bolaning yuz ifodasini kuzating, unga qiziqish bilan qarang. Bola javob qaytarganda va ishtirok etishga tayyorligini namoyon qilganda – u nimani oʻylashi, bilishi, gapirishi va soʻrashini bilish uchun maʼqullash, quvnoq chehra hamda qiziqish koʻrsating;
- oʻqish bu – bola bilan muloqot qilish imkoniyatidir. Shunday ekan, muloyim ovozda gapirishga harakat qiling, bola bilan birgalikda izlanishlarga qiziqish bildiring. Tabassum qiling, bola bilan birga zavqlaning va uni yoqtirishlarini, qabul qilishlarini va muhimligini koʻrsating.
Bolangiz bilan istalgan vaqtda va istalgan joyda mutolaa qilsangiz boʻladi. Rasmlar haqida gapirishingiz, fotosuratlarni tahlil qilishingiz, retseptlarni, hikoyalarni oʻqishingiz mumkin. Farzandingiz bilan har kuni oʻqing!