Mushuk tishlashi va tirnashi

Mushukning tishlashi yoki tirnashi jarohatga olib keladi. Tirnagan yoki tishlangan joyning yalligʻlanish ehtimolining oldini olish uchun tibbiy yordamga murojaat qiling.
Body

Mushuk tishlashi va tirnashining oldini qanday olish mumkin?

  • Bolalarga mushuklar bilan xavfsiz munosabatda boʻlish kerakligini tushuntiring. Ayniqsa, bolalarning eʼtiborini, mushuk oʻz bolalarini emizayotganida yoki parvarishlayotganida ularni bezovta qilmaslik yoki mazax qilmaslik kerakligiga qarating; bolaning hayvon bilan qoʻpol muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻymang, chunki bu mushukning tishlashi yoki tirnashiga olib kelishi mumkinligini tushuntiring. Farzandingizga daydi yoki notanish mushuklarni silamaslikni oʻrgating.

Agar mushuk farzandingizni tishlagan yoki tirnagan boʻlsa, nima qilish kerak?

  • Jarohatni iloji boricha tezroq sovun va toza, oqar suv bilan yuving. Agar qon ketayotgan boʻlsa, uni toʻxtatish kerak.
  • Agar uy mushugi bolani tishlab olgan boʻlsa, mushuk egasidan quyidagi maʼlumotlarni soʻrang: uy egasining ismi, manzili va telefon raqami, quturishga qarshi emlanganlik boʻyicha hamda uni emlagan va ilgari davolagan veterinar haqida maʼlumot.
  • Agar daydi/qarovsiz mushuk bolani tishlab olgan boʻlsa, qarovsiz hayvonlarni nazorat qilish xizmatiga murojaat qiling, xizmat xodimlari voqea joyiga yetib borishi va mushukning emlanganini aniqlashi kerak.
  • Mushukning tishlashi yoki tirnashini davolash qoʻshimcha davolanishni, qoqshol yoki quturishga qarshi emlashni talab qilishi mumkinligi sababli iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling.