Bolani emlashga qanday tayyorlash kerak?

Emlash salomatligimizining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Hayotning birinchi kunlaridan boshlab chaqaloq atrof-muhitda mavjud boʻlgan yuqumli kasalliklarning baʼzilarni yuqtirish xavfidan himoyada boʻladi. Dunyoning qayeridadir bor boʻlgan yuqumli kasalliklarga qarshi emlama ishlab chiqarilgan boʻlsa, bolangizni ularga qarshi emlash muhimdir. Emlash mavjud yuqumli kasalliklarga qarshi jamoa immunitetini saqlab qolish va vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan yangi kasalliklardan aholini himoya qilishning yaxshi usulidir.
Body

Emlash bolangiz uchun ogʻriqli muolaja boʻlishi mumkin. Shuning uchun siz ham, farzandingiz ham ushbu muolajaga tayyorgarlik koʻrishingiz muhimdir. Emlashlar bola hayotining birinchi yilida tez-tez oʻtkazilib turiladi. Bolangiz emlash nima uchun muhimligi, uni nima kutayotgani va oʻzini qanday tutishi kerakligini tushunish uchun hali kichkina. Biroq bu tushuntirishlar keyinchalik foydali boʻladi. Bir oylik bola emlash paytida sezishi mumkin boʻlgan holat –  hissiy tomondan tayyor ekaningiz, xotirjamligingiz, xavfsizligingiz va siz unga bera oladigan himoyalanganlik his-tuygʻusidir.

Buni qanday amalga oshirish kerak?

Hayotning dastlabki bir necha oylarida emlamaga tayyorgarlikni emlashga ijobiy munosabatda boʻlgan va igna / ukoldan qoʻrqishini samarali nazorat qila oladigan ota yoki ona amalga oshirishi muhimdir.

Emlash oʻtkazilganda farzandingiz bilan doimiy muloqotingiz, mehr-muhabbatingiz, silab-siypalashingiz va pichirlashingiz sababli u birga ekaningizni sezadi, oʻzini havfsizlikda his qiladi.

Bunday munosabatingiz emlashni muntazam bajaradigan va bunda katta tajribaga ega tibbiyot xodimlarining oʻz vazifalarini sifatli bajarishiga taʼsir etadi.

Tibbiyot xodimlari bilan birgalashib, oʻzingiz va chaqalogʻingiz uchun eng qisqa, eng yaxshi va ogʻriqsiz usulni topishingiz mumkin. Ushbu birinchi tajriba emlash bilan bogʻliq keyingi barcha jarayonlarga taʼsir qiladi. Shuning uchun ilk tajribalar iloji boricha kamroq hissiy oqibatlarga olib kelishiga harakat qiling.

Birinchi yil tugagandan soʻng, emlashdan oldin bola bilan suhbatlashishingiz va unga tayyorgarlik koʻrishingiz mumkin. Baʼzi bolalar, masalan, moslashishda qiynalayotgan yoki koʻngilsizliklarni ogʻir oʻtkazadigan bolalar uchun oldindan tayyorgarlik juda muhim, chunki u stressni (kuchli ruhiy zarbani) kamaytiradi, emlama tufayli paydo boʻladigan stressning hissiy oqibatlarini kamaytiradi.

Bunday holatlarning oldini olishda ota-onalarning koʻpchiligi foydalanib kelayotgan usul – taqlid va rolli oʻyinlardan foydalanish mumkin. Bu oʻyinlarni bitta nom bilan “shifokor oʻyinlari” deb atasak boʻladi. Ushbu oʻyinlar orasida, ayniqsa, bolalar “plastmassa shisha”ni onaga, otaga va boshqa oila aʼzolariga berishi qiziq. Ular ushbu vazifani namoyish qilganda quvonishadi, bu esa buni bolaga koʻrsatish va uni ortiqcha reaksiyalarsiz ogʻriqqa chidashga undash uchun imkoniyatdir.

Muolajalarga tayyorgarlik paytida haqiqatni boladan yashirmaslik kerak. Siz bolangizga ogʻriqqa chidash usullarini taklif eting va qanday usul bolangiz uchun eng yaxshisi ekanini muhokama qilib oling. Masalan, shunday deyishingiz mumkun: “Ha, toʻgʻri, ogʻriydi, lekin biz “puff” deb puflaymiz (yoki sanaymiz) va bu ogʻriqni tezroq yengishga yordam beradi”, deb aytishingiz mumkin... Yoki “Bir-birimizning qoʻllarimizdan tutamiz, sen meni ushlab turasan, ogʻriyotgan paytda iloji boricha qattiq ushlaysan”, desa boʻladi. Bunday daldalar bola ogʻriqni yengishiga yordam beradi.

Siz nimani oʻylab topganingiz yoki qanday jarayonda qatnashishingizdan qatʼi nazar, bu – yaxshi strategiya! Hammamiz qatori bola ham odatda boshidan kechirayotgan barcha hodisalarda hamdardlik istaydi.

Muhim!

Agar u yigʻlasa yoki ukol qilishlaridan qoʻrqsa, uda uyalish tuygʻusini qoʻzgʻatishni tavsiya etmaymiz. Shuningdek, qiz bola boʻlgani sababli “yigʻlaydigan” “zaif qiz” timsolidan foydalanishingizni ham maslahat bermaymiz. Bu tarzda bolani hamdardlik va tushunishdan mahrum qilishingiz mumkin, bu faqat qoʻrquv, qarshilik, stress va uning oqibatlari reaksiyalarini kuchaytiradi. Oddiy koʻrinadigan bu xatolar bolada har qanday shifokorga nisbatan qoʻrquvni kuchaytirishi mumkin va bu farzandingizning sogʻligʻiga gʻamxoʻrlik qilishni doimiy ravishda qiyinlashtirishga olib keladi.