Quyoshdan kuyish

Quyoshdan kuyish – bu yoz oylarida juda keng tarqalgan holat. Vaqtinchalik ogʻriqdan tashqari, ular uzoq muddatli jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Body

Toʻgʻridan toʻgʻri quyosh nuriga taʼsir qiladigan, himoyalanmagan terida 15 daqiqa ichida kuyish paydo boʻlishi mumkin. Bolalar terisi nozik va uning himoya mexanizmi kattalarga qaraganda kuchsizroq, shuning uchun ular juda tez kuyib qolishadi. Kuygan teri qizaradi, ogʻriq beradi va shishadi, pufakchalar paydo boʻlishi mumkin.

Agar kuyish joyida pufakchalar boʻlmasa:

  • Bu joyni kuchsiz sovuq suv oqimi bilan soviting yoki ustiga sovuq kompresslar qoʻying, agar kattaroq maydon zararlangan boʻlsa, bola sovuq suv (muzdek emas) ostida dush qabul qilsin.
  • Kuyishlarni davolash uchun shifokorga murojaat qiling.
  • Agar bolada qattiq ogʻriq boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashgandan soʻng, unga ogʻriq qoldiruvchi vositalarni berishingiz mumkin.

Agar pufakchalar paydo boʻlsa:

  • Ularni teshmang.
  • Bolaga koʻp miqdorda suyuqlik bering.
  • Keyingi bir necha kun davomida qizarish butunlay yoʻqolgunicha bolani quyoshga qoʻymang.

Quyoshdan kuchli kuyish holatlarida yoki bolaning yoshi bir yoshga toʻlmagan boʻlsa, darhol shifokor bilan bogʻlaning