Xalqaro sayohatlarda bolalarni emlash
Chet davlatlarga sayohat qiladigan bolalar quyidagi holatlarda qoʻshimcha emlashlarni oladilar: a) agar ular Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga muvofiq maʼlum kasalliklarga qarshi emlash talab qilinadigan mamlakatga borsalar; b) pediatr / mutaxassisning tavsiyasiga binoan.
Body
Xalqaro miqyosda sayohat qiladigan bolalar emlash taqvimiga muvofiq majburiy emlashlardan tashqari, sayohat qiladigan mamlakatida talab etiladigan emlamalarni yoki pediatr / mutaxassis tavsiyasiga koʻra yuqumli kasalliklar dasturiga muofiq emlamalarni oladi.
Yoʻlovchilarni olishlari zarur boʻlgan vaksinalar bilan faol emlash
- Chet davlatga sayohatga ketayotgan bolalar epidemiologik koʻrsatmalarga asosan maʼlum kasalliklarga qarshi emlashni talab qiladigan mamlakatlarga borsalar, Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga muofiq va Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining tavsiyalari asosida emlash olishlari kerak.
- Emlash sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida amalga oshiriladi va vakolatli muassasa emlash toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
- Bolalar quyidagi kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan emlanadi:
- sariq isitmaga qarshi – 9 oylikdan katta bolalarga sayohatdan 10 kun oldin vaksinaning bir dozasi yuboriladi va bu kasallikdan umrbod himoyalanadilar.
- meningokokk infeksiyasiga qarshi – 9 oylikdan katta bolalar sayohatdan 10–14 kun oldin toʻrt valentli meningokokk vaksinasini oladilar.
- shuningdek, ular boradigan mamlakat talabiga koʻra yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadilar.
Yoʻlovchilarga tavsiya etilgan vaksinalar bilan faol emlash
- Bola sayohat qilayotgan mamlakatning epidemiologik holati asosida shifokor / mutaxassis bolangizga boshqa vaksinalarni ham tavsiya qilishi mumkin.
- Tavsiya etilgan vaksinalar roʻyxati uzun, ammo farzandingiz emlashlar taqvimiga mos vaksinalarni olgani sababli qoʻshimcha tavsiyalar quyidagi kasalliklarga tegishli boʻlishi mumkin:
- qorin tifi – 2 yoshdan katta bolalar uchun;
- gripp – 6 oydan katta bolalar uchun;
- suvchechak – 12 oydan katta bolalar uchun.
Bolangiz uchun emlash xarajatlarini ota-onalar / vasiylar qoplaydi, chunki bola sayohat maqsadida emlanmoqda.