7 oylikdan 12 oylikkacha qoʻl funksiyasining rivojlanishi

Bolaning oʻsishi bu – rivojlanishning barcha sohalari (harakat, kognitiv, nutq va til, qoʻl funksiyalarining rivojlanishi) bir-biriga bogʻlangan murakkab jarayon. “Qoʻllaringiz miyangizning koʻzgusi” degan naql bor. Qoʻl obyektlarni harakatlantirish, tadqiq qilish va kundalik faoliyat uchun ishlatiladi.
Body

Qoʻl motorikasi va funksiyasini rivojlantirish

  • Agar chaqaloqni 4 oyligida tekis joyga qoʻygan boʻlsak, u 6 oyligidan tekis joyda harakatlanishda tayanish uchun qoʻllaridan foydalana boshlaydi.
  • Bola oʻtirishni boshlaganda oʻtirgan holatidan boshqa holatga oʻtib, oʻzini boshi bilan yiqilib tushishdan himoya qilish uchun qoʻli va ochiq kaftini ishlata boshlaydi.
  • Turishni oʻrgangan bolalar tik turish uchun qoʻllaridan foydalanadi.

Ushlash koʻnikmasini rivojlantirish

Motorika takomillashib borgani sari bola qoʻli bilan predmetlarni aniqroq ushlay boshlaydi, atrofdagi narsalarni oʻrganish uchun ularni ushlab koʻradi.

Uchinchi va toʻrtinchi uchoylikda (trimestrda) bolaning ushlash funktsiyasining rivojlanishi quyidagicha sodir boʻladi:

Uchinchi va toʻrtinchi uchoyliklarda ushlash funksiyasining rivojlanishi quyidagicha davom etadi:

  • oʻyinchoqni bir qoʻldan ikkinchisiga oʻtkazish;
  • ikkala qoʻlda bittadan oʻyinchoq ushlab, ularni bir-biriga urish;
  • turli oʻlcham va shakldagi oʻyinchoqlarni ushlash (qoʻl ochilishini sozlash);
  • kichikroq kattalikdagi uch yoki toʻrtta jismni ushlashga harakat qilish;
  • yumshoq narsalarni ezish;
  • kitob varaqlash;
  • qutilarni ochish, javonlar qopqogʻini ochish, paketlardan salfetkalarni olish;
  • ikkita qoʻshilgan predmetni ajratish;
  • koʻrsatkich barmoqni ajratish, undan foydalanish, barmoqni teshiklarga tiqish, ishora qilish uchun koʻrsatkich barmoqni ajratish;
  • arqonga bogʻlangan oʻyinchoqni tortish;
  • ogʻirroq narsalarni (suv toʻldirilgan idishlar, oʻyinchoq qutilari) koʻtarishni yoqtirish;
  • oʻyinchoqlari bor qutilarni, kichik mebellarni (stul, stol, kiyim quritkich) itarish va tortish;
  • kichkina predmetlarni barmoq uchlari, bosh va koʻrsatkich barmoq bilan, keyin bosh va koʻrsatkich barmoq uchlari bilan ushlash (changallab ushlash).

Qoʻl va ovqatlanish

Bu bola birinchi qoʻshimcha ovqatlarni isteʼmol qila boshlagan yoshga xos. Biz tayyorlagan taomlar “qoʻl sifat nazorati”dan oʻtishi kerak. Bolaga teginish, ezish, surtish, irgʻitish, yalash, ogʻziga ovqat solishga ruxsat bering. Qoʻllar orqali bola ovqat nima ekani, uning tuzilishi va shakli, hidi va keyinroq taʼmi haqida sifatli maʼlumotga ega boʻladi va: 

  • uni qanday olish, qaysi qoʻlni ishlatish kerakligi;
  • uning tuzilishi (yumshoq, qattiq, mayin, nam);
  • hajmi va shakli (katta, kichik, dumaloq, choʻzinchoq) toʻgʻrisidagi kerakli maʼlumotlarni eslab qoladi.

Bu narsalar chaynash va gapirishga tayyorgarlikda ham muhimdir.

Qoʻl tayanish, himoyalanish, ushlash, biror narsani tutib turish, boshqarish, atrof-muhitdagi turli sifatlarni tekshirib koʻrish uchun xizmat qiladi. Bola nerv toʻrlarining nozik tarmogʻi yordamida qoʻli bilan predmetlarni “koʻradi” va atrofidagi narsaning obrazini “toʻldiradi”. Shuning uchun uning xavfsizligini hisobga olgan holda, albatta, birgalikda oʻrganing, (oʻtkir, mayda buyumlar, bolaning qoʻli yetadigan kimyoviy moddalar, yiqilib tushishi mumkin boʻlgan harakatlanuvchi narsalardan himoya qiling).