Bola tugʻilgandan keyingi birinchi yilda onalik bilan mashgʻul boʻlish

Bola tugʻilishi bilan onada “onalik tashvishi bilan mashgʻul boʻlish” deb nomlangan yangi, oʻziga xos psixologik holat shakllanadi. Bu ota-ona ruhiyatini shakllantirish va ota-ona sifatida oʻzini oʻzi anglash uchun ruhiy asosdir. Bu oʻzgarish onaga oldingi hayotini (xohish, ehtiyoj, munosabat, maqsad, ustuvorlik) qayta tashkil etish imkonini beradi.
Body

Yangi tuqqan onani qiziqtiradigan mavzular:

1. Bolaning oʻsishi va rivojlanishi – u bolaga gʻamxoʻrlik qila oladimi?

2. Oʻzaro munosabatlar – u bolasi bilan haqiqiy hissiy munosabatlarni oʻrnatishga qodirmi va bu munosabat bolaning kutilgandek rivojlanishiga imkon beradimi?

3. Qoʻllab-quvvatlovchi muhit – ota-onalar / turmush oʻrtoq / oila kerakli qoʻllab-quvvatlash tizimini qanday yaratishni / shakllantirishni biladimi? 

4. Ruhiy oʻzgarishlar – ota / ona bu vazifalarning bajarilishini osonlashtirish uchun oʻz ryhiyatini oʻzgartira oladimi?

Har bir mavzu onaning his-tuygʻularini, harakatlarini, talqinlarini, atrofdagi odamlar bilan munosabatlarini va xatti-harakatlarning boshqa shakllarini belgilaydigan yoki taʼsir qiladigan gʻoyalar, istaklar, qoʻrquvlar, xotiralar va sabablardan iborat.

Onalik tashvishlari hamma uchun umumiy emas, tugʻma ham emas. Vaqtinchalik psixologik oʻzgarish sifatida u oylab, baʼzan yillab davom etishi mumkin va yangi oila aʼzosining eng yaxshi poydevorini taʼminlashga qaratilgan. Ayolning turmush oʻrtogʻi oʻziga xos tarzda bunday psixologik oʻzgarishni rivojlantirishi mumkin.

Bola rivojlanishi uchun qulay va kerakli muhitni (uya) yaratishi uchun ona yetarli darajada qoʻllab-quvvatlanishi, qadrlanishi, eʼzozlanishi, oʻzini yangi onalar guruhiga mansubligini his qilishi, oʻzining qobiliyatli (mahoratli) ekanini bilishi, bu yangi vazifa va rolda oʻzining turmush oʻrtogʻiga yoki atrofidagi boshqa odamlarga ishonch hosil qilishi zarur.

An'alarga binoan tarixda yangi tuqqan onaga oiladagi tajribaga ega ayollar yordam berganlar. Hozirgi vaqtda qoʻllab-quvvatlovchi oilaning tuzilishi boshqacha – otaning oʻrni yanada kattaroq, katta oilaning roli esa pasaygan.

Homiladorlikdan kelib chiqadigan holat bola tugʻilishi bilan davom etadi – u oʻzining bolalik xotiralarini, onasi bilan boʻlgan munosabatlar haqidagi xotiralarni uygʻotadi va bu munosabatlarni oʻzgartirish istagini paydo qiladi. Homiladorlikning ikkinchi trimestrida tashkil etilgan ota-onalar maktablarida ishtirok etish eng yaxshi oʻzgarishlarga erishishga yordam beradi.