Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: oltinchi – oʻn ikkinchi oylar (6–12-oylar)
Notanish odamlar bilan uchrashuvlar
Begona odamlar bilan uchrashganda bolangiz turli xil munosabat koʻrsatishi mumkin. U qiziqishi, quvonishi, shuningdek, qoʻrqishi yoki aloqadan qochishi mumkin. Bu reaksiyalarning barchasi tabiiydir. U bolaning temperamenti, oldingi tajribalari va vaziyatga bogʻliq. Asta-sekin tanishish, xotirjamlik va oʻzini xavfsiz his qilishi uchun bolaga yetarli vaqt berish bu tajribalarni qiziqarli qiladi.
Sizdan ajralishga munosabat
Bola ajralishlarga asta-sekin oʻrganib boradi va shuning uchun ular kundalik hayot tarzining bir qismi boʻlishi kerak. Xatti-harakatlaringiz aniq va izchil boʻlishi zarur. Xayrlashmay ketmang. Farzandingizga qachon ketishingiz va qachon qaytib kelishingiz haqida xabar bering. Asta-sekin bola bunday vaziyatlarni qabul qilishi osonlashadi. Bekinmachoq oʻynang. Bu ajralish qoʻrquvini yengishda bolaga yordam beradi.
Qoʻllab-quvvatlov izlab
Farzandingiz yangi vaziyatlarda sizga tobora koʻroq qaraydi, koʻrsatma izlaydi va reaksiyalaringizni (javoban harakatingizni) tushunadi. His-tuygʻularingiz, imo-ishoralaringiz va izohlaringiz asosida bola muhim xulosalar qiladi, xatti-harakatlarini toʻgʻrilaydi. Agar oʻzingizga ishonchsiz boʻsangiz yoki qoʻrqsangiz, bola ham qoʻrqadi. Bolangizga tushunarli reaksiyalar qiling. Nima boʻlayotgani haqida gaplashing, u siz bilan xavfsiz ekanini koʻrsating. Tez orada bola oʻzgarishlarni yanada koʻproq ishonch bilan qabul qiladi va mustaqil izlanishlarni boshlaydi.
Tuygʻular yanada murakkablashadi
Farzandingizdagi his-tuygʻularni qabul qiling va hurmatlang. Quvonch, gʻazab yoki xavotir tabiiy holatlardir. Ular hodisalarga munosabat sifatida yuzaga keladi. Sezgilarlarni nomlang, nima boʻlayotgani haqida gapiring. Soʻz, tushuntirish va reaksiyalaringiz bola his-tuygʻularini tushunishi va ularni yaxshiroq tartibga solishiga yordam beradi. Hech qachon bolani hissiyotlari uchun tanqid qilmang.