Hayotning birinchi yilida bola uchun jismoniy faoliyat, ekran oldida kamharakat oʻtirish vaqti va uyqu boʻyicha tavsiyalar

Sogʻlom turmush tarzining va odatlarning toʻgʻri shakllanishi uchun jismoniy faoliyat (yengil, oʻrtacha yoki kuchli faollik), uyqu va bolaning oʻtirgan (harakati cheklangan) vaqtini oʻz ichiga olgan kundalik faollikni toʻgʻri taqsimlash talab etiladi.
Body

Sogʻlom oʻsishning asosi toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy tarbiya, yaxshi uyqu, doimiy parvarish va xavfsiz qoʻllab-quvvatlovchi muhitdir. Shuning uchun kunlik tadbirlarni bolaning yoshi va ehtiyojlariga mos ravishda rejalashtirish muhimdir.

12 oygacha boʻlgan bolalar:

  • Bolalar turli usullar bilan kuniga bir necha marta jismoniy faol boʻlishlari kerak. Ular kamida 30 minut pol ustida interfaol oʻyinlar oʻtkazishlari, kichik yoshdagilar esa yotgan holatda oʻynashlari kerak.
  • Harakat cheklangan dam olish holatlarida: bolalar aravachasida, oʻrindiqda, tashuvchi moslamada yoki bagʻringizda 1 soatdan koʻproq qoldirish tavsiya etilmaydi. Bu vaqtdan suhbatlashish, qoʻshiq aytish, bolaga kitob oʻqib berish, birgalikda tomosha qilish kabilar uchun foydalanish kerak.
  • Ushbu davrda bolalarni ekranlar (televizor, planshet, mobil telefon) taʼsirida qoldirish tavsiya etilmaydi.
  • Bolaning kunduzgi va kechasidagi uyqu vaqti, vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadi. Tugʻilgandan 3 oygacha boʻlgan bolalar uchun uyqu 14–17 soat davom etishi mumkin, 4 oydan 11 oygacha boʻlgan davrda u biroz qisqaradi va 12–16 soat davom etadi.