Tarsaki tushirish: nimani bilish kerak?
Bolalarni kaltaklash: nimani bilishingiz kerak?
Tarsaki urish bu – jismoniy jazo.
Tarsaki urish bir qaraganda ish berganday koʻrinadi. Lekin bu intizomni taʼminlash uchun yaxshi tanlov emas. Sababi, u bolalarga oʻz-oʻzini boshqarish yoki tegishli xatti-harakatlar haqida maʼlumot bermaydi. U oʻzini yaxshi koʻrilmaydigan, yomon bola deb oʻylay boshlaydi.
Tarsaki tushirishda uchta ziyon bor:
Birinchidan, tarsaki bolangizga zarar yetkazishi xavfi mavjud.
Ikkinchidan, bolalarga boshqalarni urish kuchli his-tuygʻular bilan kurashishning kuchli usuli ekani haqida tasavvur beradi.
Uchinchidan, tarsaki kabi jismoniy jazo bolalarning ruhiy salomatligi va rivojlanishida uzoq muddatli muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Tarsaki yegan bolalar boshqa bolalarga qaraganda koʻproq tajovuzkor boʻlishadi. Oʻsib-ulgʻaygani sari ularda depressiya rivojlanishi ehtimoli koʻproq. Albatta siz farzandingiz uchun buni xohlamaysiz!
Farzandlaringizni yaxshi xulq-atvorga yoʻnaltirishning yaxshiroq usullari mavjud.
Urishning muqobillari: farzandingiz yaxshi boʻlishiga yordam berish
Ota-onalar oʻzlarini yomon his qilishlari mumkin boʻlgan vaziyatlardan qochishning eng yaxshi usullaridan biri bolalarga oʻzlarini yaxshi tutishlari uchun imkon yaratishdir.
Farzandingiz bilan mehribon, samimiy munosabat oʻrnating. Farzandingiz har kuni sevimli va qadrli ekanini his qilsa oʻzini yaxshi tutishi ehtimoli koʻproq.
Aniq oilaviy qoidalarga ega boʻlish muhim. Qoidalardan bolangiz qanday xatti-harakatlar unga doir ekanini bilib oladi va koʻplab muammolarning oldi olinadi.
Farzandingiz yetarlicha bandmi? Farzandingizning faol va oʻrganishni davom ettirishi uchun oʻyin haqidagi maqolalarni oʻqing.
Farzandingiz uchun qiyin boʻlgan vaziyatda muammolarni hal etishni rejalashtiring. Misol uchun, oziq-ovqat doʻkoniga borishdan oldin bolangiz mizgʻib olishi yo tamaddi qilib olishini kuting.
Agar bolangiz oʻzini sizga yoqmaydigan tarzda tutsa uning muhitida nima boʻlayotganini koʻrib chiqish kerak. Farzandingizni tashvishga soladigan yoki asabiylashtiradigan narsa bormi? Kichkina bolalarning moʻrt narsalarga qoʻli yetmaydigan (koʻrinmaydigan) muhitni taʼminlang. Shunda doimiy “yoʻq” demaysiz.
Baʼzida bolangizni qiyin vaziyatdan chalgʻitishingiz uning yomon xatti-harakatlarini kamaytirish uchun kifoya qiladi.
Tarsaki tushirish oʻrniga oqibatlardan foydalanish
Maktabgacha yoshdagi bolalar oʻzlarining salbiy xatti-harakatlarining mantiqiy oqibatlariga javob berish uchun yetarlicha ulgʻaygan hisoblanadi. Masalan, agar bolangiz paltosini yerga tashlashda davom etsa, siz bugungi park saylini bekor qilasiz… Ammo natijalar faqat uzoq muddatda yaxshi xulq-atvorni ragʻbatlantirish uchun ijobiy strategiyalar bilan birlashtirilganda koʻrinadi.
Uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun “oqibat” usuli tavsiya etilmaydi. Chunki ular qilgan ishlari tufayli shunday natija yuz berganini tushunish uchun juda yoshlik qiladi.
Ota-onalar umidsizlik, gʻazab va stress bilan qanday kurashishadi?
Oʻz his-tuygʻularingizni boshqarish bolangizga yaxshi munosabatda boʻlishga yordam beradigan iliq va mehribon oilaviy muhitni yaratishda muhimdir. Agar oʻzingizning gʻazablangan yoki hafsalasi pir boʻlgan his-tuygʻularingizni ijobiy va sogʻlom yoʻllar bilan boshqarsangiz, masalan, xotirjam boʻlish, bir necha marta chuqur nafas olish yo ohista yurish orqali bolangizga qanday yoʻl tutish bobida ajoyib misol bergan boʻlasiz.
Agar siz qattiq stressda va gʻazablan holarda boʻlsangiz va his-tuygʻularingizni qanday bartaraf etishni bilmasangiz, stressni va gʻazabni boshqarish usullariga murojaat qiling. Bordi-yu bolangizga tarsaki tushirmoqchi boʻlsangiz uni xavfsiz joyga olib oʻting. Masalan, boshqa birovdan uni bir muddat ushlab turishini soʻrang. Chuqur-chuqur nafas oling, oila aʼzolaringiz yo doʻstingiz bilan suhbatlashish uchun boshqa xonaga boring. Agar sizda bu hol tez-tez takrorlanayotgan boʻlsa oilaviy shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Bolangizning murakkab xatti-harakatlarini boshqarish qiyin boʻlsa u bilan birga oilaviy terapevtga yo ruhshunosga murojaat qiling.