Chalgʻitish: xulq-atvorni boshqarish vositasi
Chalgʻitishni xatti-harakatlarni boshqarish vositasi sifatida ishlatish
Chalgʻitish oddiy usul boʻlib, xatti-harakat muammoga aylanishi mumkin boʻlgan vaziyatlarda foydali hisoblanadi. Masalan, bolalarda boʻlishi mumkin:
- injiqlik qilish;
- uzoq muddat bir joyda oʻtirish;
- almashinuv yoki boshqa bolalar bilan bogʻliq muammolar.
Qiziqarli narsani koʻrsating, oddiy oʻyinni boshlang, kulgili yuzlarni chizing. Bolangizni chalgʻitish uchun shunga oʻxshash yana koʻplab chalgʻituvchi narsalarni oʻylab toping.
Chalgʻitish odatda yordam beradi. Shunday qilib, bu koʻp holatlarda bolangizning xatti-harakatlarini boshqarish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Chalgʻitish uchun maslahatlar
Har qanday yoshdagi bolalar uchun odatda yaxshi boʻlgan chalgʻituvchi maslahatlar:
- Bolalarga boshqa ishni bering. Yangi mashgʻulot, oʻyinchoq, oʻyin bilan tanishtiring. Hatto bolalarga qoʻllarida boʻlgan oʻyinchoq vositasida qila oladigan yangi narsalarni koʻrsating.
- Vaziyatni oʻzgartiring. Bolalarni har xil narsalarni koʻra oladigan joyga olib boring. Ularni ichkari yo tashqariga koʻchiring.
- Quvnoq mashgʻulotlar uchun bir nechta gʻoya oʻylab toping. Agar bolalar ichkarida zerikib ketayotganini koʻrsangiz, tashqarida oʻynaladigan oʻyinni rejalashtiring.
- Birgalikda bir nechta qoʻshiqni kuylash yo sheʼrni yod olish. Bu mashgʻulot siz band boʻlganingizda, masalan, mashina boshqarayotganingizda yoki ovqat pishirayotganda foydalidir.
- Agar sayr qilayotgan boʻlsangiz oʻrni kelsa foydalanish uchun qiziqarli oʻyinchoqlar yo kitoblarni oʻzingiz bilan birga olib chiqing.
- Bolalar ulgʻaygani sayin, ularni chalgʻitadigan narsalar haqida oʻz fikrlarini bildirishiga yordam bering: “Biz parkka yana bir soatcha chiqa olmaymiz. Ungacha uyda zavqliroq biror narsa topa olasanmi?”
Chalgʻitish kattaroq yoshdagi bolalarga ham yordam berishi mumkin. Mana bir nechta gʻoyalar:
- suhbat mavzusini oʻzgartiring;
- oddiy oʻyin yoki mashgʻulotni taklif qiling. Misol uchun, agar farzandlaringiz hech qanday ishi yoʻqligini aytishsa, ularni boshqotirma yoki stol oʻyinlarini oʻynashga taklif qiling;
- ishlar yaxshi boʻlmaganda, tanaffus taklif qiling. Masalan, siz: “Chizgan rasmingdan hafsalang pir boʻlganga oʻxshaydi. Buning oʻrniga velosiped haydashga nima deysan?” deng.
Agar siz bolangiz zerikkanini, u chalgʻishi kerakligini sezsangiz, bolangizni oʻz gʻoyalarini taklif qilishga undashingiz ham mumkin. Zerikishdan maksimal darajada foydalanish uning ijodkorligini va muammolarni hal qilish qobiliyatini oshiradi.
Qachon chalgʻitmaslik kerak
Farzandingiz notoʻgʻri ish qilishi yoki xafa boʻlishi mumkinligini koʻrganingizda, chalgʻitganingiz maʼqul. Ammo farzandingizni quyidagi hollarda chalgʻitish yordam bermaydi:
- kimnidir xafa qilgan boʻlsa;
- jahli chiqib turgan boʻlsa;
- juda xafa boʻlsa.
Bunday vaziyatlarda bevosita xatti-harakat yaxshiroq foyda beradi. Masalan, agar farzandingiz boshqa bolani xafa qilgan boʻlsa siz oʻyinchoqlar yoki mashgʻulotlar bilan ikkala bolani ham chalgʻitishingiz mumkin. Garchi bu bolangizga boshqalarni xafa qilish yaxshi emasligini tushunishga yordam bermasa ham. Chunki bola oqibatlarni tushunishi uchun yetarli vaqt kerak. Balki bunda tanaffusdan foydalanish yaxshiroq natija berishi mumkin.
Bolangiz janjallashib qolsa uni chalgʻitishga urinishingiz uning nazdida his-tuygʻulari sizga ahamiyatsizday tuyilib qolishi mumkin. Yaxshisi farzandingizning his-tuygʻularini tan olish orqali janjalni yengish samaraliroq.
Farzandingizni chalgʻitish uchun multfilm tomosha qilishga taklif qilishingiz yoki sevimli oʻyinini oʻynatishingiz mumkin. Bunda ular qanday oʻyin va ilovalarni oʻynashlari mumkinligi yoki qanday telekoʻrsatuvlarni, qancha vaqt davomida tomosha qilishlarini aniq belgilang.