Jazava: u nimadan paydo boʻladi, bu paytda bolaga qanday munosabatda boʻlish kerak?

Bolalarda tajanglik yigʻlash, qichqirish, tajovuzkor boʻlish yoki qochish orqali namoyon boʻlishi mumkin. Bolalarga his-tuygʻulari haqida gapirishiga yordam berish lozim. 3–4 yosh va undan katta bolalarga esa “oqibat” usulini qoʻllab turish yordam berishi mumkin.
Body

Jazava nima?

Jazavaga tushish har xil shakl va oʻlchamda boʻladi. Ular gʻazab, umidsizlik va tartibsiz xatti-harakatlarning “ajoyib portlash”larini oʻz ichiga olishi mumkin. Yigʻlash, qichqirish, oyoq-qoʻllarning “qotib” qolishi, orqaga tisarilish, depsinish, yerga agʻanash, narsalarni otish, hatto qochish kabi jazava turlarini koʻrishingiz mumkin. Baʼzi hollarda bolalarning nafasi siqadi, qusadi, narsalarni sindirishadi yoki tajanglashib tajovuzkor boʻlib qolishadi.

Tajanglik qanday sodir boʻladi?

Tajanglik 1–3 yoshli bolalarda juda koʻp uchraydi. Sababi, ularning ijtimoiy va hissiy koʻnikmalari endi rivojlanayotgan boʻladi. Bolalarda his-hayajonlarini ifodalash uchun yetarli soʻzlar boʻlmaydi. Ular oʻsib borayotgan mustaqilliklarini sinovdan oʻtkazayotgan boʻlishadi. Ular oʻzlarining xulq-atvori boshqalarning xulq-atvoriga taʼsir qilishi mumkinligini aniqlaydilar.

Shunday qilib tajanglik bu – yosh bolalarning his-tuygʻularini ifoda etish va boshqarish, atrofdagi voqealarni tushunish yoki oʻzgartirishga harakat qilish usullaridan biridir.

Katta yoshli bolalarda ham tajanglik boʻlishi mumkin. Buning sababi, ular his-tuygʻularni ifoda etish yoki boshqarishning mos usullarini hali oʻrganmaganidadir.

Kichkintoylar uchun ham, katta yoshdagi bolalar uchun ham tajanglikni keltirib chiqaradigan narsalar bor:

  • Temperament bu – bolalarni asabiylashtirishi mumkin boʻlgan hodisalarga tez va kuchli munosabatda boʻlishidir. Oson xafa boʻladigan bolalar tez-tez janjallashishi ehtimoli bor.
  • Stress, ochlik, charchoq, haddan tashqari hayajonlanish bolalarning his-tuygʻulari va xatti-harakatlarini ifoda etishi va boshqarishini qiyinlashtirishi mumkin.
  • Bolalar hal qila olmaydigan vaziyatlar. Masalan, kichkintoyning oʻyinchogʻini katta yoshli bola olib qoʻyishi.
  • Kuchli his-tuygʻular – bezovtalik, qoʻrquv, uyalish va gʻazab kabi bolalar ruhiyatini siqishi mumkin boʻlgan narsalar.

Oʻz-oʻzini boshqara olish – xatti-harakat va taʼsirlarni tushunish, boshqarish qobiliyati. Bu bolalarda 12 oylikdan boshlab rivojlana boshlaydi. Farzandingiz yoshi ulgʻaygani sari turli taʼsirlarni tartibga sola oladi va biror narsa buzilganida tinchlana oladi. Natijada kamroq “janjal” yuzaga keladi.

Kichkintoylarda tajanglik ehtimolini qanday kamaytirish mumkin?

Tajanglik paydo boʻlishining oldini olish uchun nima qilish kerak?

  • Stressni kamaytiring. Charchagan, och va haddan tashqari asabiy bolalar tez-tez tajang holga tushadilar. Shularni eʼtiborga oling.
  • Farzandingizning his-tuygʻulariga eʼtiborli boʻling. Agar siz bolangizning his-tuygʻularidan xabardor boʻlsangiz, bolangizga qiyin kechinmalarni boshqarishga yordam berasiz. Yoʻqsa siz ham bolangizni chalgʻitishingiz mumkin.
  • Tajanglik qoʻzgʻatuvchilarini aniqlang. Masalan, bolangiz xarid paytida janjallashishi mumkin. Siz buning oldini olish uchun vaziyatni rejalashtiring. Muhitni oʻzgartiring. Masalan, bolangiz uxlaganidan soʻng doʻkonga boring.
  • Farzandingiz bilan his-tuygʻular haqida gaplashing. Farzandingiz kuchli tuygʻu taʼsirida boʻlganida bolangizni bu tuygʻga nima sabab boʻlganini aytishga undang. Masalan: “Oʻyinchogʻing buzilib qolgani uchun tashlab yubordingmi?”

Kichkintoylarda tajanglik paydo boʻlganida qanday kurashish kerak?

Choralarini koʻrgan boʻlishingizga qaramay bolajonlarda tajangliklar kuzatilsa nima qilishga doir maslahatlar:

  • Xotirjamlikni saqlang (yoki oʻzingizni shunday tuting!). Agar kerak boʻlsa, oʻzingiz uchun biroz vaqt ajrating. Agar gʻazablansangiz bu siz uchun ham, bolangiz uchun ham vaziyatni qiyinlashtiradi. Gapirganda ovozingizni xotirjam tuting, ataylab sekin harakat qiling.
  • Farzandingizning kuchli his-tuygʻularini tan oling. Masalan: “Nonli muzqaymogʻing toʻkilib ketsa, bu juda xafa qiladi, toʻgʻrimi?” deyish mumkin. Bu xatti-harakatlarning nazoratdan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaydi va bolangizga his-tuygʻularini tiklash imkoniyatini beradi.
  • Tajanglik oʻtib ketishini kuting. Farzandingiz sizning borligingizni sezishi uchun unga yaqin turing. Lekin u bilan mulohaza yuritish yoki uni chalgʻitishga urinmang. Tajanglik boshlanganidan keyin bunga juda kech boʻladi.
  • Zarur boʻlganda javobgarlikni zimmangizga oling. Agar tajanglik bolangiz nimanidir xohlagani uchun sodir boʻlsa, bolangizga xohlagan narsasini bermang. Agar farzandingiz biror narsa qilishni xohlamasa, oʻz fikringizni bildiring. Masalan, agar farzandingiz vannadan chiqishni xohlamasa, suvini oqizib yuborish bolanni vannadan chiqarib olishdan koʻra xavfsiz boʻlishi mumkin.
  • Yondashuvingizda izchil, xotirjam boʻling. Agar bolangiz tajanglik qilganida xohlagan narsasini baʼzida berib, baʼzida bermasangiz, muammo chigallashishi mumkin.

Farzandingiz oʻzini yaxshi tutsa uni maqtov bilan mukofotlang. Masalan, u tajanglik qilmasdan tinchlansa.

Maktabgacha yoshdagi va boshlangʻich sinf yoshidagi bolalarda tajanglik

Maktabgacha yoshdagi va boshlangʻich maktab yoshidagi bolalar tajang boʻlmasligiga yordam berish uchun yuqorida keltirilgan barcha maslahatlardan foydalaning. Bu yoshda bolalar oʻz harakatlarining salbiy oqibatlari borligini yaxshiroq tushunadi. Bu shuni anglatadiki, siz baʼzida bolaning xatti-harakatlarini boshqarish uchun “oqibat” usulini ishga solishingiz mumkin.

Tajangliklarni tasodifan mukofotlamasligingizga ishonch hosil qiling. Farzandingiz tajanglashganda unga baqirish yoki yolvorish ham baʼzan mukofot boʻlishi mumkin, chunki bu bolangizga eʼtibor qaratganingizni bildiradi.

Agar bolangiz autizm spektrining buzilishi (ASB) kabi qoʻshimcha ehtiyojli boʻlsa, ular tez va qattiq tajang boʻlishi mumkin. Bu borada ASD bilan ogʻrigan bolalarda qiyin xatti-harakatlarga doir mavzumizga qarang yoki bolangiz bilan ishlaydigan mutaxassislardan maslahat soʻrang.

Tajanglik bilan qanday kurashish kerak

Tajanglik bilan kurash juda charchatadigan va stressli boʻlishi mumkin. Siz tajanglikni darhol toʻxtatish haqida oʻylamang. Bu yerda xotirjamlikni saqlash va hamma narsani oʻz nuqtai nazarida saqlash lozim:

  • Tajanglikka qarshi strategiya ishlab chiqing. Qanday vaziyatda boʻlsangiz tajanglikni qanday yengishingiz haqida aniq reja tuzing. Tajanglik yuz berganda rejangizni amalga oshiring.
  • Bolaning his-tuygʻulari yoki xatti-harakatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qila olmasligingizni tan oling. Siz bolangizni faqat xavfsiz saqlashingiz, uning xatti-harakatlarini boshqarishingiz mumkin.
  • Oʻzgarish sodir boʻlishi uchun vaqt kerakligini qabul qiling. Farzandingiz tajanglik abadiy yoʻqolguniga qadar juda koʻp ishlarni bajarishi kerak. Oʻz-oʻzini boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish umr boʻyi davom etadigan vazifadir.
  • Farzandingiz buni ataylab qilyapti yoki sizni xafa qilmoqchi, deb oʻylashdan ehtiyot boʻling. Bolalarda qasddan tajang boʻlish odati boʻlmaydi. Balki ular yomon odatga “tushib” qolishadi va vaziyatni yengish uchun hozircha koʻnikmalarga ega boʻlishmaydi.
  • Hazil tuygʻusini saqlang. Ammo tajanglik ustidan kulmang. Agar u ustidan kulingan, deb oʻylasa bu bolangizni yanada xafa qiladi.
  • Agar boshqalar sizga norozi boʻlib qarashsa ularga eʼtibor bermang. Ular farzand koʻrmagan yo koʻpdan bolalikni unutib qoʻyishgan boʻlishi ehtimol.

Farzandingiz qanchalik tajang boʻlishiga koʻra oʻzingizni ota-ona sifatida baholashga shoshilmang. Shuni yodda tuting, hamma bolalarda tajanglik bor. Buning oʻrniga, tajanglikka qarshi qanday javob berish chorasini qidiring.