Ochiq havodagi oʻyinlar

Ochiq havodagi oʻyinlar farzandingizning jismoniy sogʻligi, rivojlanishi va oʻz kuchiga boʻlgan ishonchining shakllanishi uchun foydali. Bundan tashqari u ! Bolangizga bir kunda bir necha marotaba koʻchada oʻynaiga ruxsat bering. Turli yoshdagi bolalarning ochiq havoda oʻynashlari uchun baʼzi gʻoyalar: kichkintoyni pled ustiga qorni bilan yotqizish mumkin, toʻp bilan oʻynash, tabiat qoʻynida sayr qilish, velosipedda uchish va shu kabi koʻplab oʻyinlar.
Body

Nima uchun ochiq havoda oʻynash muhim?

Ochiq havodagi oʻyinlar bolangizga atrof-muhitni oʻrganish va sarguzasht qilish imkonini beradi. U toza havoda oʻyinlar oʻynashi, jismoniy imkoniyatlarini tekshirishi, fikrlarini ifoda etishi va oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkamlashi mumkin.

Ochiq havodagi oʻyinlarda ust-bosh koʻproq kir boʻlishi mumkin – ust-bosh qancha koʻp kir boʻlsa, oʻyin shuncha zavqli boʻladi.

Koʻchada farzandingiz uchun harakatlanish erkinligi va joy koʻproq boʻladi. Shuningdek, xavfsizlik meʼyorlarini unutmagan holda biroz quyoshda boʻlish ham foydali – bu bola organizmida D vitamini darajasini koʻtarishga yordam beradi.

Bolani ochiq havodagi oʻyinlarga qanday jalb qilish boʻyicha maslahatlar

Bolani koʻchada kuniga bir necha marotaba oʻynashga undang.

Farzandingizni kuniga bir necha marta koʻchada oʻynashga undash tavsiya etiladi.

Sayrga chiqish uchun koʻp kuch talab etilmaydi, ayniqsa, uyingiz yaqinida ochiq maydon boʻlsa. Bolalar kattaroq boʻlganda esa eng toʻgʻri yoʻl – ularni koʻchaga chiqarib, oʻz oʻyinlarini oʻylab topishga ruxsat berishdir. Biroq kichik yoshdagi bolalar koʻchada oʻynaganda, xavf-xatardan himoyalanish uchun sizning yordamingizga muhtoj.

Aksariyat kichik yoshdagi bolalar “yordam berishni” yaxshi koʻradi. Ochiq havodagi oʻyinlar farzandingiz bilan mehnat qilish va kundalik yumushlarni bajarish, masalan, bogʻdagi ariqchalarni tozalash, hovlini supurish, sabzavotlarni sugʻorish yoki yuvilgan kiyimlarni dorga osish kabilarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Mahalliy bogʻ, stadion yoki bolalar maydonchasiga tashrif uchun vaqt ajratsangiz, bu sayrning eng oddiy va arzon shakli boʻlishi mumkin, ayniqsa uyingiz oldida hovlisi boʻlmaganda. Farzandingizda yugurishi va ehtimol, boshqa bolalar bilan oʻynashi uchun joy yana ham koʻp boʻladi.

Boqqa ketayotib, kichkintoyingiz bilan yoʻl harakat va yoʻlovchilar xafsizligi qoidalarini oʻrganib ketishingiz mumkin. Hatto juda kichik bolalarni ham aravachalaridan chiqarib sayr qilishlariga ruxsat bersa boʻladi. Birgalikdagi sayr bolangizga tashqarida vaqt oʻtkazishdan siz ham zavqlanayotningizni va buni qadrlashingizni koʻrsatadi. Koʻchadagi vaqtni boshqacha ham oʻtkazsa boʻladi, masalan, velosiped yoki samoktlarda uchib.

Fazandingiz kattargach, unga ochiq havodagi mashgʻulotlarga, masalan, bolalar sport toʻgaraklariga, qatnashni taklif qiling.

Turli yoshdagi bolalar uchun ochiq havodagi oʻyinlar

Ochiq havoda oʻynash kichkintoyingizga boshqa muhit bilan tanishishga va uni oʻrab turgan dunyoni yanada qulay his qilishga yordam beradi. Kichkintoyingiz bilan ochiq havoda oʻynash uchun baʼzi takliflar:

  • adyol, sochiq yoki qalin matoga qorni bilan yotish;
  • maysalar ustida, oʻrindiqlar ostida yoki eski qutilar orqali emaklash;
  • daraxt barglari va shoxlarining harakatlanishini kuzatish va qushlarning sayrashini tinglash;
  • turli xil rangli mashinalarga, koʻcha belgilariga yoki svetofor signallariga qarash.

Kattaroq yoshdagi bolalar atrofdagi dunyoni oʻrganishni, oʻzlarining kuchlarini baholashni va koʻnikmalarini amalda sinashni xohlaydi. Kichkintoyingiz uchun ochiq havoda oʻtkaziladigan oʻyinlar quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • toʻpni uloqtirish va orqasidan yugurish;
  • turli oʻyinchoqlar va jismlarni gʻildiratish, surish yoki tortish;
  • yurish, yugurish yoki daraxtlar atrofida, piyodalar yoʻlakchasidagi toshlar yoki yoriqlar ustidan irgʻish; koʻlmaklarga yoki yoqtirgan jismlariga qarab sakrash;
  • sovunli pufakchalarni puflab, ular uchib ketayotganida ortidan quvish;
  • qumda, loyda yoki oz miqdordagi suvda oʻynash – lekin choʻkib ketish holatlarining oldini olish uchun muntazam nazorat qiling.

Maktabgacha yoshdagi bolalar boshqa bolalar bilan oʻynashni oʻrganadi. Shuningdek, ular xayolparastlikni yoqtiradi. Farzandingizga hayotining ushbu bosqichida imkon boricha zavqlanishiga yordam berish uchun ochiq havoda oʻynash boʻyicha quyidagi takliflarni berishingiz mumkin:

  • quvlashmachoq, berkinmachoq oʻynash yoki toʻpni bir-biriga tepish;
  • “tunnellar” boʻylab sudralib yurish yoki yiqilgan daraxtlar ustidan oʻtish;
  • rangli barglar, gullar, sharflar yoki lentalar bilan yugurish;
  • pishiriq qoliplari yordamida qum yoki loydan “pishiriqlar” tayyorlash;
  • birgalikda tabiat boʻylab sayr qilish va eshitilayotgan tovushlar nimaga tegishli ekanligini topish;
  • qutilar, kiyim-kechak savatlari, bogʻ anjomlari yoki ochiq havoda oʻynash mumkin boʻlgan narsalardan uy qurish.

Maktab yoshidagi farzandingiz koʻproq qoidali oʻyinlarga, masalan, sport oʻyinlariga qiziqa boshlaydi, lekin baribir ochiq havoda erkin oʻyinlar oʻynashga ham vaqt ajratish lozim. Bu yoshdagi bolalar hali ham quyidagi mashgʻulotlarni yoqtiradi:

  • koʻchada topib olingan tayoqlar yoki boshqa jismlar yordamida biror narsa yasash;
  • berkinmachoq, quvlashmachoq yoki “qaroqchilar” oʻyinini oʻynash;
  • daraxtlarga chirmashib chiqish.

Yomgʻirli yoki qorli ob-havo farzandingiz bilan uyda qolishingiz kerakligini anglatmaydi – aslida, bunday holat farzandingizning tasavvurini va ijodkorlik qobiliyatini kuchaytirishi mumkin. Birgalikda soyabon va yopinchiqda sayr qilishingiz, yomgʻirdan keyin barglarning toʻkilishini kuzatishingiz, koʻlmaklardan hatlab oʻtishingiz yoki ustida sakrashingiz mumkin.

Koʻchadagi oʻyinlar paytidagi shishlar va koʻkarishlar

Farzandingiz koʻchada oʻynaganda jarohat olishidan xavotirlanishingiz tabiiy. Baʼzida farzandingiz oʻzi uchun yangi harakatlarni sinab koʻrishda hayajonlanishi mumkin. Bu ochiq havoda oʻynash paytidagi odatiy holat va bu xavotirlar uning koʻchada oʻynashiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.

Koʻchada farzandingiz oʻyin chegaralarini kengaytirishi mumkin, chunki uning harakatlari uchun joy katta, u tezroq yugurishi, yuqoriga koʻtarilishi va uzoqqa sakrashi mumkin.

Bunday harakatlar yiqilishlarga, tirnalishlarga, koʻz yoshlarga sabab boʻlishi mumkin, biroq bunday “tavakkal oʻyinlar” farzandingizga xatolardan saboq olishga va tezda oʻzini oʻnglab olishga yordam beradi.

Ochiq havoda kam oʻynagan bolalarning keyinchalik koʻchada oʻynaganda jiddiy jarohat olish ehtimoli yuqori boʻladi.