Bola bilan yozgi sayr
Kichkintoyni hayotning 15-kunidan boshlab baʼzi tavsiyalarga amal qilgan holda sayrga olib chiqish mumkin. Agar harorat 45 °C dan yuqori boʻlsa, bolani uydan olib chiqish tavsiya qilinmaydi. Bolaning tashqarida boʻlishi uning umumiy holatini, kayfiyatini, uyqusini, ishtahasini, infeksiyalarga chidamliligini yaxshilaydi.
Body
Siz chaqaloqni quyoshga chiqishga yetarli darajada tayyorlagan boʻlsangiz, issiq ob-havo chaqaloq bilan sayr qilish uchun juda mos keladi. Yoz oylarida bolani erta tongda, ertalab soat 11:00 gacha yoki kech tushdan keyin, soat 17:00 dan soʻng olib chiqish tavsiya etiladi.
- Chaqaloqning kiyimi zich paxtali matodan tikilgan, quyoshdan himoyalashga moʻljallangan, iloji boricha yorqin ranglarda boʻlishi kerak.
- Bolaning boshiga tabiiy matoli panama kiydirish kerak.
- Yorqin boʻlmagan quyosh nuri suyaklar, tishlar va immunitetni mustahkamlash uchun muhim boʻlgan D3 vitamini ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
- Bolalar uchun maxsus quyoshdan saqlovchi kremlarni 3 yoshdan katta bolalar uchun qoʻllash mumkin. Agar bola 3 yoshdan katta boʻlsa, kiyim bilan yopilmagan tana qismlariga ultrabinafsha nurlardan saqlovchi krem surting. Krem qurishga ulgurishi uchun uni sayrga chiqishdan 20 daqiqa oldin surting.
- Bolani quyoshdan himoya qilish uchun aravachani mato bilan yopmang. Aravachaning soyabonidan foydalanishingiz mumkin.
- Yuqori haroratlarda suvga boʻlgan ehtiyoj oshadi, shuning uchun bolani tez-tez emizish yoki bola tabiiy ovqatlanmasa, tez-tez suv berish kerak.
- Yoz bu – chivinlar eng koʻp boʻlgan vaqt, shuning uchun bolani koʻchaga olib chiqishdan oldin himoyalash kerak (aravacha toʻri, chivinlarni haydovchi portativ qurilmalar yoki bolalarga mos keladigan chivindan himoyalovchi vositalar).