Bolalar uchun qishki koʻngilochar mashgʻulotlar

Farzandingiz tashqarida havo sovuq yoki namchil boʻlsa ham, jismoniy faol boʻlishi mumkin. Siz bulutli ob-havoda sohil boʻyiga borishingiz, koʻlmaklarda sakrashingiz yoki varrak uchirishingiz mumkin. Agar uyda qolsangiz, jismoniy faol oʻyinlar, raqslar va mashgʻulotlar oʻylab topishingiz mumkin. Boshqa variantlarga yopiq oʻyin markazlari va qishki sport turlari kiradi.
Body

Ochiq havoda bepul mashgʻulotlar

Hatto tashqarida havo sovuq va namchil boʻlsa ham, farzandingiz bilan uyingizda va uydan tashqarida faol vaqt oʻtkazishingiz mumkin. Koʻplab bepul yoki arzon mashgʻulotlar bilan shugʻullanish imkoniga egasiz:

  • Palto, bosh kiyim va qoʻlqop kiyib, tashqariga chiqing. Farzandingizga bulutli havoda sohil boʻyi qanday koʻrinishini koʻrsating yoki oʻsimliklar hoʻl boʻlganda daraxtzor va bogʻlarga boring.
  • Yomgʻirdan soʻng daryo va anhorlar oqimi qanday oʻzgarishini kuzating.
  • Nam havo boʻlsa, yelim etik va plash kiying. Sakrash uchun katta koʻlmaklarni qidiring. Oʻzingiz bilan soyabon olishingiz ham qiziqarli boʻlishi mumkin. Farzandingiz uni bir necha marta ochib-yopishi mumkin.
  • Agar sayrga chiqayotganingizda qorongʻi boʻlsa, farzandingizga fonar bering.
  • Koʻchada barglar, choʻplar, chigʻanoqlar va toshchalarlar yigʻing. Ularni oʻzingiz bilan olib ketib, saralash, boʻyash yoki qurish-yasash uchun ishlatishingiz mumkin.
  • Shamolli kunda esa varrak uchirishingiz, uchayotgan barglarni quvishingiz yoki ularning uchishiga yordam berishingiz, tashqarida shamoldan yashirinadigan joy topishga harakat qilishingiz mumkin.

Ichkaridagi bepul qishki mashgʻulotlar

Agar sovuqqa va namgarchilikka dosh berolmasangiz, qishda farzandingiz bilan uyda mashgʻulotlar oʻtkazish mumkin. Masalan:

  • Boʻsh plastik butilkalarni bir qator qilib joylashtiring va uy sharoitida “bouling” oʻynash uchun eski paypoqdan foydalaning. Plastik butilkalarga biror ogʻirlik (qum yoki suv kabi) solib, oʻyinni murakkablashtirishingiz mumkin. Farzandingiz paypoqlar yordamida futbol yoki tennis, hatto qoʻgʻirchoq teatri kabi boshqa oʻyinlarni oʻynashi mumkin.
  • Farzandingizga yengil sharf yoki roʻmolni havoga otib, uni qoʻli, oyogʻi, tizzasi yoki boshi bilan ushlab olishni taklif qiling. Pufakni iloji boricha yuqoriroqqa ilib qoʻyib, soʻng farzandingiz uni pashsha oʻldirgich yoki plastik butilka bilan urishiga ruxsat bering.
  • Musiqaga mos harakat qiling, raqslar oʻylab toping va kiyimlarni alishtiring. Ehtimol, farzandingiz sevimli super qahramoni yoki multfilm qahramonini oʻynab, koʻrsatib berar.
  • Yopiq joyda “xazina ovi”ni uyushtiring.
  • Agar boʻsh joy boʻlsa, stullar, adyol va qutilar yordamida qalʼa qurishingiz yoki toʻsiqlar hosil qilishingiz mumkin.
  • Eski matrasdan batut sifatida foydalaning va farzandingizga yugurishning quvnoq uslublarini yoki sakrash, qoʻnish va akrobatika bilan shugʻullanishni taklif qiling.

Pulli qishki koʻngilochar mashgʻulotlar

Maxsus oʻyin-kulgi sifatida farzandingiz quyidagi pulli mashgʻulotlardan bahramand boʻlishi mumkin:

  • Yopiq oʻyin markazlari, suzish, batutda sakrash, konkida uchish va bouling oʻynash farzandingizga yopiq joyda faol vaqt oʻtkazishiga yordam berishi mumkin.
  • Futbol, xokkey, netbol yoki regbi kabi anʼanaviy qishki jamoaviy oʻyinlar bolalar kattaroq boʻlganlarida oʻynashlari uchun yaxshi variantlardir. Qoidalarini oʻzgartirish mumkin boʻlgan sport turlarini tanlang, shunda ular kichik bolalar uchun qiziqarli va xavfsiz boʻladi.
  • Agar sizga juda uzoq yoki qimmat boʻlmasa, qorli hududlarga sayohat, qor oʻyinlari yoki togʻ changʻisi farzandingiz uchun juda qiziqarli boʻlishi mumkin.