Oʻzaro munosabatlar va bolaning rivojlanishi

Siz bilan mehrli, barqaror va hozirjavoblik munosabatlari bola rivojlanishining asosidir. Oʻzaro munosabatlar orqali bolalar qanday fikrlashni, tushunishni, muloqot qilishni, oʻzini tutishni, his-tuygʻularni namoyon qilishni va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirishni oʻrganadilar. Farzandingiz bilan oʻynash sizning munosabatingizni mustahkamlaydi va bolangizni muammolarni oʻrganishga, kuzatishga, tajriba oʻtkazish va muammolarni hal qilishga undaydi.
Body

Nima uchun suyuklilik va gʻamxoʻrlik munosabatlari muhim?

Bolalarning munosabatlari ularning dunyoqarashini shakllantiradi va rivojlanishning barcha sohalariga taʼsir qiladi. Oʻzaro munosabatlar orqali bolalar oʻz dunyosini bilib oladi.

Negaki munosabatlar bolaga oʻzini namoyon qilish – yigʻlash, kulish, soʻrash, buning evaziga nimadir mukofot – quchoqlash, tabassum, javob olish imkonini beradi. Bolalarning “qaytib kelishi” ularga dunyo qanday ekani va unda qanday harakat qilish – qanday fikrlash, tushunish, muloqot qilish, oʻzini tutish, his-tuygʻularni ifodalashni va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantiradi. Masalan, farzandingiz siz bilan gaplashish, yuz ifodalari va qoʻl silkitish, bosh irgʻish, bosh chayqash kabi imo-ishoralar orqali muloqot qilishni xohlashi tabiiy. Xuddi shu “gap” va imo-ishoralar bilan javob bersangiz yaxshi, chunki bu iliqlik va muhabbatni koʻrsatadi. Bunga iliqlik, sevgi va muloyimlik bilan javob qaytarib, bolangizga muloqot, xatti-harakatlar va his-tuygʻularni oʻrganishda yordam berasiz.

Shuningdek, bolangizni oʻzini xavfsiz his qilishga undaysiz va oʻrtangizda mustahkam munosabatlarni oʻrnatasiz. Agar u oʻzini xavfsiz his qilsa va sizga bogʻlanib qolsa, oʻz dunyosini oʻrganishga ishonadi. Chunki uni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish va oʻzaro yangi tajriba almashish uchun borligingizni biladi.

Farzandingizning eng muhim barvaqt munosabatlari – siz, boshqa oila aʼzolari hamda vasiylar bilan boʻlgan munosabatlardir.

Atrofidagi olamni oʻrganish bolangizga yangi taassurotlar beradi. Farzandingiz fikrlashni, muloqot qilishni, javob berish va munosabat bildirishni oʻrganish uchun ushbu kechinmalar ragʻbatlantirilishiga muhtoj. Uni qoʻllab-quvvatlash uchun siz bilan qanchalik koʻp muloqot qilish tajribasiga ega boʻlsa, shunchalik oʻsib boradi va kamol topadi.

Boshqalar bilan munosabatlaringiz

Uning rivojlanishiga faqat siz va farzandingiz oʻrtasidagi munosabatlar sabab boʻlmaydi. Bu sizning boshqalar bilan ham boʻlgan munosabatlaringizdir. Farzandingiz oʻzingizni qanday tutayotganingizni va hayotingizdagi boshqa odamlar – masalan, ishdagi hamkoringiz, oila aʼzolaringiz, doʻst hamda vasiylaringiz bilan qanday muloqotda boʻlishingizni koʻrib turadi.

Bu bolaga boshqalar bilan qanday munosabatda boʻlish kerakligini va buning evaziga boshqalar oʻzini qanday tutishini koʻrsatadi. Agar farzandingiz oʻzaro mehr va hurmat munosabatlarini koʻrib, unga taqlid qilsa, boshqalar bilan xuddi shunday munosabatda boʻlishni oʻrganadi.

Nima uchun oʻyin muhim?

Dastlabki yillarda bola oʻrganishi va rivojlanishining asosiy usuli – oʻyindir.

Oʻyin farzandingizga zavq bagʻishlaydi va unga tadqiq qilish, kuzatish, tajriba oʻtkazish, muammolarni hal qilish va xatolaridan saboq olish imkoniyatini beradi. Buning uchun unga sizning qoʻllab-quvvatlashingiz va daldangiz kerak. Ammo bolakayga yordam berish va uning xato qilishiga yoʻl qoʻyish oʻrtasida muvozanatni topishga harakat qilish juda muhim, chunki oʻzi uchun dunyoni bilish – oʻrganishning muhim qismidir.

Siz bilan oʻynash, suhbatlashish, tinglash va muloqot qilish uchun sarflangan koʻp vaqt bolaga muloqot qilish, fikrlash, muammolarni hal etish, harakat qilish hamda boshqa odamlar va bolalar bilan muloqot qilish kabi hayotda zarur boʻlgan koʻnikmalarni oʻrganishga yordam beradi.

Oʻyin munosabatlarni oʻrnatish uchun ham ajoyib vositadir. Farzandingiz bilan oʻynab, oddiy signal yuborasiz – “sen men uchun muhimsan”. Bu xabar bolangizga u kim va uning dunyodagi oʻrni qanday ekanini anglashiga yordam beradi.

Oʻyin va harakatdagi munosabatlar: berkinmachoq misolida

Oddiy berkinmachoq munosabatlar, oʻyin va vaqtning birgalikda bola rivojlanishida qanday yordam berishiga ajoyib namuna boʻla oladi.

Kichkintoyingiz bilan berkinmachoq oʻynaganda, yuzingizni qoʻl bilan yashirasiz va yana ochib qaraysiz. Farzandingiz, ehtimol, qoʻllarini uzatadi, kuladi va tabassum qiladi. Bu farzandingizning: “Oʻynashda davom eting, maza qilyapman!” – deb aytish usuli. Siz davom ettirasiz va bolakay baxtiyor. Ammo biroz vaqt oʻtgach, bola sizdan oʻgirilishi mumkin. Bu uning oʻyin yetarli ekanini bildirish usulidir. Demak, dam olish vaqti keldi.

Bu misol farzandingiz siz bilan oʻynashni xohlayotganini koʻrsatadi, demak, u sizga bogʻlangan. Bogʻlanish, oʻz oʻrnida, sogʻlom ijtimoiy va hissiy rivojlanish belgisidir.

Bundan tashqari, kichkintoy koʻproq oʻynashni xohlayotganini bildirib qichqirsa va qoʻllarini uzatsa, uning tili va motorikasi rivojlanadi. Javob berganingizda u sizni muloqotda boʻlishga undaydi.

Bekinmachoq chaqaloqning fikrlashiga yordam beradi, chunki u siz yoʻqolib, keyin yana paydo boʻlganingizda nima sodir boʻlishini bilib oladi.

Farzandingizning oʻyin yoki dam olish uchun signallariga javob bersangiz, u sizga nisbatan ishonch bildiradi. Bu unga oʻzini xavfsiz va sevimli his qilishiga yordam beradi. Xavfsizlik hissi esa uning dunyoni bilishga boʻlgan ishonchini uygʻotadi.

Bu oddiy berkinmachoq, lekin u chaqaloqning tili, tafakkuri, motorikasi, ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga asos yaratadi. Bu esa faqat siz va farzandingiz oʻrtasidagi ijobiy va gʻamxoʻr munosabatlar tufayli shakllanadi.

Munosabatlar: hayot uchun foyda

Farzand bilan oʻrtangizdagi iliq va mehrli aloqa bolada ishonch, chidamlilik va muloqotni rivojlantiradi. Bu farzandingizni hayotning keyingi davrida duch keladigan vaziyatlarga tayyorlaydi, masalan, muammolarni hal qilish, stressni yengish, oʻsmirlik va katta yosh davrida boshqalar bilan sogʻlom munosabatlarni oʻrnatish.

Ilk yoshda kuchli bogʻlanish va munosabatlar, shuningdek, farzandingizning ruhiy salomatligi yaxshilanishi hamda xulq-atvor muammolari kamroq boʻlishini anglatadi.

Farzandingiz bilan iliq, ijobiy va sezgir munosabat oʻrnatish orqali siz uning voyaga yetgan shaxsini shakllantirishga yordam berasiz va uning butun umri uchun mustahkam poydevor qoʻyasiz...