Ota-ona va bolalar oʻrtasida yaxshi munosabat oʻrnatish
Ota-ona va bolalar oʻrtasidagi yaxshi munosabatlar: nima uchun bu muhim?
Erta yoshdagi munosabatlar bola va ota-ona oʻrtasidagi munosabatlar ichida eng muhimidir.
Bunday ijobiy munosabatlar bolalarga dunyoni bilishida yordam beradi – bu dunyo xavfsizmi, ular kimni, kim ularni sevadi, yigʻlaganida, kulganida yoki yuz ifodasini oʻzgartirganda nima roʻy beradi va hokazo.
Bu munosabatlar bola rivojlanishining barcha sohalariga taʼsir qiladi.
Siz ota-ona sifatida bola bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatishingiz mumkin:
- bolangiz bilan birga vaqt oʻtkazish;
- ishonch, hurmat va gʻamxoʻrlik muhitini yaratish.
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyishda hech qanday formula yoʻq va baʼzan bolangiz bilan oʻzingiz xohlagandek munosabatda boʻlish qiyin. Ammo vaqt oʻtgani sari munosabatlarni yaxshilash ustida ishlayversangiz, bola oʻzini sevimli va xavfsiz his qiladi.
Lahzalar ota-ona va bola munosabatlariga qanday yordam beradi?
Ayni lahzadan foydalanish bolangizga nima boʻlayotganini sezish va bu haqda oʻylashdir. Bu bolangizga muhim narsalar haqida qaygʻurayotganingizni koʻrsatadi, bu – mustahkam munosabatlar uchun asosdir.
Ayni damda farzandingiz bilan oʻzingizni qanday tutishingiz uchun baʼzi gʻoyalar:
- Rozi ekaningizni koʻrsating, bolangiz sokin, xotirjam boʻlishiga imkon bering, tinimsiz koʻrsatma beravermaslikka harakat qiling. Agar farzandingiz uycha qurishda ishlatiladigan shakllarni odamlar deb tasavvur qilsa, bu – normal holat. Bu narsalarni “toʻgʻri” ishlatishga majbur qilish kerak emas.
- Farzandingiz nima qilayotganiga eʼtibor bering, uni sharhlang yoki ragʻbatlantiring. Masalan, “Katta koʻk kubchalar sotuvchimi? Kichkina qizil kubcha xarid qilyaptimi? U nima sotib oladi?”
- Bolakayni tinglang va soʻzlarini tushunishga harakat qiling. Masalan, agar u sizga kun davomida sodir boʻlgan voqealar haqida uzun hikoya aytib bersa, u haqiqatan yangi oʻqituvchisini yoqtirgani yoki kayfiyati yaxshi ekanini aytgan boʻlishi mumkin.
- Farzandingizning xulq-atvori sizga nimani soʻzlayotgani haqida oʻylab koʻring, bu sizga rostdan ham nima kerakligini tushunishga yordam beradi. Masalan, agar oʻsmir bolangiz oshxonada oʻtirsa va koʻp gapirmasa, u sizga yaqinlikni xohlashi mumkin. Siz gaplashishga hojat qoldirmay uni quchoqlashingiz yoki birga ovqat tayyorlashingiz mumkin.
Farzandingiz bilan birga boʻlish unga baʼzan tashabbusni oʻz qoʻliga olish imkoniyatini beradi. Masalan:
- Kichkintoyingiz bilan oʻynayotganingizda u xohlagan narsani oʻynang, unga taqlid qiling va chindan ham birga vaqtichogʻlik qiling.
- Katta yoshli bolaning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yetakchilik qilishiga ruxsat bering, masalan, agar u oilaviy tushlikni rejalashtirmoqchi boʻlsa, tasdiq javobini bering.
- Farzandingiz oʻz fikrini bildirganda, suhbat mobaynida u nimani oʻylayotgani va his qilayotgani haqida koʻproq bilib oling.
Kichkintoyning soʻzlarini takrorlash, tabassum qilish va koʻz bilan aloqa qilish suhbatlashayotganda yoki birga vaqt oʻtkazayotganda unga eʼtibor qaratayotganingizni bildiradi. Bu iliqlik va qiziqish ifodalari bolangizga oʻzini xavfsiz his qilishi va oʻziga nisbatan ishonchini mustahkamlashda yordam beradi.
Ota-ona va bola oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrnatish uchun “sifatli vaqt” sarflash
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi ijobiy munosabatlar sifatli vaqtga asoslanadi. Birgalikdagi vaqtda bir-biringizning tajriba, fikr, his-tuygʻu va oʻzgaruvchan qiziqishlaringiz haqida bilib olasiz. Bu bolangiz bilan oʻzaro munosabatlaringiz uchun juda muhim.
Sifatli vaqt har doim va hamma joyda, oddiy kunlar va vaziyatlar aro boʻlishi mumkin. Kichkintoyingizni choʻmiltirayotganda birga shod-xurram boʻlish ham foydali.
Agar bola bilan yaxshi vaqt oʻtkazsangiz, uni qadrlayotganingiz va eʼzozlashingizni koʻrsatasiz. Tabassum, kulgi, koʻz aloqasi, quchoqlash va muloyim siypalash bilan kuchli ijobiy xabarlarni yetkazishda sifatli vaqtdan foydalanishingiz mumkin.
Har bir farzandingiz bilan muntazam yuzma-yuz uchrashishga harakat qiling. Bolalarning feʼl-atvori turlicha va baʼzi bolalarga boshqalariga qaraganda kamroq vaqt kerakdek tuyilishi mumkin, lekin ular siz bilan boʻlgan maxsus vaqtdan foyda koʻrishadi. Ish bilan band boʻlgan kunlarda farzandlaringiz bilan koʻp uchrashmasligingiz mumkin, lekin iloji boricha uzoqroq muloqot qilish yaxshi.
Farzand bilan oʻtgan vaqt uning oʻqishi va oʻzlashtirishiga ham taʼsir qiladi. Masalan, hayotingizning dastlabki uch yilida bolangiz bilan suhbatlashishga sarflagan vaqtingiz unga til oʻrganishga yordam beradi.
Ota-ona va bolalar oʻrtasidagi ijobiy munosabatlarda ishonch, gʻamxoʻrlik va hurmat
Ota-ona va bolalar oʻrtasidagi oʻzaro ijobiy munosabatlar uchun ishonch va hurmat zarur.
Hatto farzandingiz bilan boʻlgan dastlabki yillarda ham bu jihatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bolangiz oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun, unga gʻamxoʻrlik qilayotganlarga ishonsa, oʻzini xavfsiz his qiladi. Ulgʻaygani sari ishonch va hurmat ikki tomonlama harakatga aylanadi.
Oʻzaro munosabatlarda ishonch va hurmatni tarbiyalash ham mumkin. Masalan:
- Farzandingiz qoʻllab-quvvatlash, parvarish yoki yordamga muhtoj boʻlganda, yiqilib tushganda yoki oʻsmir bolangiz oʻrtoqlari bilan yigʻindan keyin chaqirganida olib ketayotganingizda. Bu bilan unga kerakli paytda oʻsha yerda boʻlishingizga ishonishni oʻrganadi.
- Bola bilan yaqindan tanishing va uni qanday boʻlsa, shundayligicha qadrlang. Agar futbolni yaxshi koʻrsa, uni xursand qiling yoki sevimli futbolchilari haqida soʻrang. Bu uning his-tuygʻulari va fikrlariga hurmatni koʻrsatadi, shuningdek, u sizga ishonishi mumkinligini bildiradi.
- Kichkintoy rivojlanishi, uning ehtiyoj va qiziqishlari oʻzgarishi bilan munosabatlar ham takomillashib borishiga ruxsat bering. Masalan, katta yoshli bolangiz doʻstlari bilan bogʻga borganida yonida boʻlishingizni xohlamasligi mumkin, vaholanki, u ilgari siz bilan oʻynashni yaxshi koʻrardi.
- Qatʼiy, lekin adolatli oilaviy qoidalarni oʻrnating. Qoidalar – oilangiz oʻz aʼzolariga qanday qarashni va qanday munosabatda boʻlishni xohlashi borasidagi aniq bayonotlar. Buning vositasida bolangiz unga nisbatan munosabatingizda izchil boʻlishingizga ishona boshlaydi.