Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va goʻdaklar bilan muloqot: rasmlarda

Bogʻlanish ota-onalar va ularning farzandlari oʻrtasidagi yaqin hissiy munosabatdir. Ushbu bogʻliqlikni kichik kundalik aloqalar orqali amalga oshirish mumkin. Koʻproq maʼlumot uchun ushbu rasmlarga qarang!
Body

Quchoqlash va yuz ifodasi orqali muloqot qilish

Ota bolasini quchoqlaydi. 

Farzandingizni koʻksingingizning chap tomoniga yaqin tuting. Shunda u sizning yurak urishingizni eshitadi. Bu yangi tugʻilgan chaqaloqlar bilan bogʻlanish uchun yaxshi. Chunki bu ularga oʻzlarini xavfsiz his qilishida yordam beradi.

Terini teriga tekkizish orqali uqalash

Chaqaloqni uqalash, yaʼni terining teriga tegishi chaqalogʻingizning oʻzinin xotirjam his qilishiga yordam beradi. Har doim tinchlantiruvchi uqalashlardan foydalaning.

Bolaning koʻziga qarang

Farzandingiz bilan munosabatga kirishganda uning koʻzlariga qarang. U bilan gaplashayotganda yuz ifodalaridan foydalaning.

Gapirish va oʻqish: muloqot uchun yaxshi

Chaqaloqning gapirishi

Chaqaloqlar kattalarning oddiy suhbati oʻrniga ohangdor ovozni eshitishni yaxshi koʻradi. Farzandingiz bilan gaplashayotganda ovozdan koʻproq foydalaning.

Kitob oʻqish

Kichkintoyingiz bilan tugʻilganidan boshlab kitoblar oʻqing. Hikoyalar aytib bering. Garchi u tushunmasa-da, sizning ovozingizni eshitishni yaxshi koʻradi.

Chaqaloq bilan suhbat

Chaqalogʻingiz bilan tez-tez suhbatlashing. Atrofidagi oʻyinchoqlar va narsalarni nomlashga harakat qiling. Masalan: “Mana, bu – sening paypoqlaring. Ular sening oyoqlaringga yarashadi”.

Qoʻshiq aytish, tabassum qilish va oʻynash: yaqinlashish uchun koʻproq gʻoyalar

Ona bolaga qoʻshiq aytadi.

Qoʻshiq aytish bolangizda til koʻnikmalari rivojlanishining qiziqarli usulidir. Farzandingiz ritmdan zavqlanadi va sizning ovozingiz ularni tinchlantiradi.

Bolaga jilmayib qarang

Farzandingizga tabassum qiling. U sizning tabassumingizni koʻrganida oʻzini yaxshi his qiladi va uning miyasi oʻsishiga yordam beradigan kimyoviy moddalarni chiqaradi.

Ona chaqaloq bilan oddiy oʻyinlar oʻynaydi.

Kichkintoyingiz bilan oddiy oʻyinlar oʻynang, masalan, “pirogni silash” yo bekinmachoq. Kichkintoy bilan oʻynash ham bolaning oʻrganishiga va harakatlanishiga yordam beradi.