Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: tugʻilgandan uch oygacha (0–3 oygacha)

"Farzandingiz siz bilan munosabati tufayli xavfsizlik va ishonch hissini tuyadi. Siz his qilayotgan oʻzaro yaqinlik, birga vaqt oʻtkazish va muloqot farzandingiz, uning ahvoli va ehtiyojlarini anglashingizga yordam beradi."
Body

Jisman yaqinlikning ahamiyati

  • Bolaga yaqin boʻling. Bolaning yonida boʻlganingizda u sizni yanada kuchli his qilishiga va hissiyotlari bilan sizni kashf etishiga yordam berasiz. Keyin u sizning yuzingizni koʻradi, ovozingizni eshitadi, hidlar va siypalashlarni his etadi. Bola sizni taniy va izlay boshlaydi. U siz bilan oʻzini xavfsiz his etadi.
  • Farzandingiz uygʻoqligida, dam olganda va kayfiyati yaxshi boʻlganda sizni kuzatishni xohlaydi. Oʻsha fursatdan foydalaning. Bolaning xatti-harakatlarini va tashqi muhitga munosabatini kuzating. Tabassumingiz farzandingizni jilmayishga undaydi. Lablaringizning harakati va ovozingiz sabab farzandingiz ham lablarini harakatga keltirishga va ovoz chiqarishga urinadi. Siypalashingiz esa hayajonlangan bolani tinchlantiradi.

Ruhan yaqinlikning ahamiyati

  • Farzandingizga ismini aytib murojaat qiling, u bilan gaplashing va qoʻshiq ayting. Bolangiz harakatlaringizdan mehringizni his qilishiga yordam bering. Muloyim boʻling.
  • Bolangizning harakatlariga qarab nima his qilayotgani va nimani istayotganini aniqlab oling. Farzandingiz yuzida tabassum payqadingizmi, bilingki, u doim sizga atalgan. Bolaning yigʻlashi – siz uchun belgi. Siz nima qilayotganingiz haqida ayting, farzandingizga shu yerda ekaningizni koʻrsating.
  • Baʼzan farzandingizda muloqot qilishga xohish boʻlmaydi, ehtimol, u boshini boshqa tomonga burib olar yoki yigʻlar. Xavotir olmang, u ozgina dam olishi kerak. Sabrli boʻling, bola yana jilmayib boqadi.