Bolani quyosh ursa, nima qilish kerak?

Agar bola birmuncha vaqt quyoshda boʻlsa va faol oʻynasa, quyosh urishi mumkin. Bunday paytda belgilar tezda paydo boʻlishi mumkin. Ammo quyosh urishining kechroq namoyon boʻladigan belgilari koʻpincha hatto quyosh taʼsir qilgandan keyin bir necha soat oʻtgach – kechqurun yotishdan oldin yoki uyqu vaqtida roʻy berishi ehtimoli bor.
Body

Bolani darhol soyaga olib boring

Bolani avvalo quyoshdan uzoqroqqa, iloji boʻlsa, konditsionerli yoki hech boʻlmaganda salqin va yaxshi havo almashadigan xonaga joylashtirish kerak.

Bolaning ustidan iliq suv quying

Uning oʻzi qurishiga imkon bering. Uni artmang.

Bolaga suyuqlik bering

Quyosh urgan bolaga suyuqlik juda kerak (eng yaxshisi, oddiy suv, lekin gazsiz mineral suv, yangi mevalardan tayyorlangan sharbat ham mos keladi). Suyuqlikni birdan koʻp miqdorda berish mumkin emas, lekin ayniqsa, bola qusgan boʻlsa, tez-tez, oz-ozdan berish lozim. Bola suvni ichayotganida, uni sovitish uchun kiyimlarini yechib oling.

Bolaga dori bering

Agar tana harorati hali ham yuqori boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashishni unutmang. Agar kerak boʻlsa, shifokor haroratni pasaytirish uchun dori-darmonlarni buyuradi.

Bola dam olishga muhtoj

Keyingi bir necha soat ichida bola dam olishi kerak, eng yaxshisi – uxlashidir. Uyqu – dam olishning eng yaxshi usuli. Albatta, uxlash paytida tana haroratini tekshirish lozim, agar u yana keskin koʻtarilsa, shifokor bilan qayta maslahatlashish shart.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

  • Sovitish va dori-darmonlarga qaramay, tana harorati pasaymasa.
  • Agar bola hushini yoʻqotsa.
  • Agar u doimiy ravishda qayt qilsa/qussa va tobora holsizlansa.