Bolaning burnini qanday tozalash kerak?

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning ota-onalari farzandi tez-tez aksa urishidan va burnida ozgina shilliq borligidan tashvishlanadi. Bu yoshda bu odatiy hol hisoblansa-da, burunni tozalash kerak boʻladigan holatlar ham mavjud.
Body

Bolaning burni

Bolaning burni oʻzini oʻzi tozalaydi, chunki shilliq parda kirni birlashtirib, chiqarib tashlaydi. Bola shamollaganda burundan juda koʻp shilimshiq ajraladigan holatlardagina burunni qoʻshimcha parvarishlash kerak boʻladi. Burunni yuvish uchun fiziologik (0,9% li) eritma ishlatiladi:

  • bolani yonbosh qilib yotqizing;
  • burun teshigiga yuqoridan bir necha tomchi fiziologik eritma tomizing yoki eritmani bir xilda burun ichiga seping;
  • kichkintoyni boshini pastga qaratib biroz koʻtaring, uni qoʻlingiz bilan ushlab, shilimshiq chiqib ketishi yoki koʻrinishi uchun orqa tomoniga sekin uring;
  • agar shilimshiqning ovozi eshitilsa, lekin oʻzi koʻrinmasa, yana fiziologik eritmadan tomizing;
  • bolaning yuzini pastga qarating, shilimshiq paydo boʻlganda, uni buklangan mato uchi yoki dokali pilik bilan chiqarib oling;
  • bir necha daqiqadan soʻng bolani narigi yonboshi bilan yotqizib, xuddi shu tarzda ikkinchi burun teshigini tozalang;
  • zarur boʻlganda har bir emizishdan oldin burunni tozalash mumkin.

Paxtali choʻpni hech qachon burun teshigiga kiritmaslik kerak. Chaqaloqning burnini tozalash uchun nasos va aspiratorlardan foydalanmang – ularni faqat bola kasal boʻlganda va balgʻam koʻp ajralganda ishlating. Agar chaqalogʻingiz emishda qiynalayotgan boʻlsa yoki burun bitishi tufayli emishdan bosh tortsa, shifokor bilan maslahatlashing.