Bolaning ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasi ahamiyati

Bolaning sogʻligʻini muhofaza qilish uchun tugʻilishdan boshlab chaqaloqning ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga rioya qilish kerak.
Body

Ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga rioya qilish tartibi:

  • Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va goʻdaklarning ogʻiz boʻshligʻini muntazam tozalash uchun sizga 5x5 cm steril doka va fiziologik eritma (tuzli suv) kerak boʻladi.
  • Qoʻlingizni yuving, soʻng dokani koʻrsatkich barmogʻingizga oʻrab, fiziologik eritmaga soling; keyin barmogʻingizni chaqaloqning lablariga sekin qoʻying, chaqaloq refleksli ravishda barmogʻingizni soʻra boshlaydi; shundan soʻng yengil bosim bilan, aylana harakat qilib ikkala yonoqning ichki qismini tozalang va barmogʻingizni bolaning tiliga qoʻying. Bosh barmogʻingiz bilan oʻralgan dokani ushlang. Goʻdakning milklarini sekin uqalasangiz, ayniqsa, tishlari chiqayotganida, bu bola uchun tinchlantiruvchi massaj hisoblanadi.
  • Chaqaloqlarda ogʻiz va tilning shilliq pardalarida oq tvorog blyashka koʻrinishida (qaymoqli sutga oʻxshash) paydo boʻladigan keng tarqalgan oʻzgarish “til oqarmasi” yoki “kandidali stomatit” deb ataladi. Shu sababli chaqaloqlar kamroq ovqatlanishni boshlashlari va hatto ovqatlanishdan bosh tortishlari mumkin.
  • Uy sharoitida kasallikni ichimlik sodasining kuchsiz eritmasi (100 ml qaynatilgan va sovitilgan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi) bilan davolash mumkin. Qoʻlingizni yuving, steril dokani barmogʻingizga oʻrab, ichimlik sodasi eritmasi bilan namlang, soʻng barmogʻingizni asta-sekin bolaning ogʻzi boʻylab bir aylana harakat bilan yara ustigan ohista oʻtkazing. Agar infeksiya rivojlanib ketsa, qatlamni olib tashlash qiyinlashadi va muolajani takrorlash kerak boʻladi.
  • Bola eritmani yutmasligi zarur, chunki u qusishga olib kelishi mumkin. Jarayonni ovqatlantirishdan bir soat oldin yoki bir soat keyin bajarish maqsadga muvofiq. Ikki yoki uch kundan keyin yara yoʻqolmasa, shifokoringizga murojaat qiling.