Muntazam tibbiy ko'rik: 3,5-4 oylikda
Muntazam tekshiruv - bu sizning farzandingizning o'sishi, rivojlanishi va sog'lig'iga ko'proq e'tibor qaratish, shuningdek, yoshi uchun rejalashtirilgan emlashlarni o'tkazish, buning barchasi sizning farzandingizning sog'lig'i va rivojlanishini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchundir. Rivojlanish bilan bog'liq har qanday muammolar mavjud bo'lsa, muntazam tekshiruv ularni aniqlashga va o'z vaqtida aralashishga yordam beradi.
Body
Farzandingiz juda tez rivojlanmoqda va tanasining ayrim qismlarining harakatlarini boshqarishi mumkin bo'lgan holatga etishmoqda, u o'zi va atrofidagi odamlarni jadal ravishda o'rganmoqda. Unga, albatta, siz bilan va o'z qo'llari bilan o'ynash yoqadi.
Tashrifga tayyorgarlik
- Shu vaqt ichida bolangizda sezgan muhim hodisalarni yozib boring, masalan: u bilan gaplashganda kuladi, yoki jilmayadi; uning qo'liga tutqizgan o'yinchoqni ushlab oladi; xona bo'ylab harakatlanishingizni kuzatadi va h.k. Agar sizda savol tug'ilsa, yoki muammolar paydo bo'lsa, ularni shifokor uchun tayorlab qo'ygan ro'yxatga qo'shing.
Muntazam tibbiy ko'rikning tarkibi
- O'sishni kuzatish: tana vazni, tana uzunligi/bo'yi va bosh aylanasi bola o'sishining muhim ko'rsatkichlari bo'lib, bola kutilgan tezlikda rivojlanayotganligini baholashga yordam beradi.
- Dastlabki suhbat va maslahat: Shifokor yoki hamshira bilan suhbat davomida bolani ovqatlanish mavzusi hali ham asosiy mavzulardan biri bolib qolmoqda. Sizdan bolangizni qanday ovqatlantiryapsiz, bola ovqatlangandan so'ng mamnun va to'ygan ko'rinadimi, deb so'rashadi. Kechasi necha marta uyg'onasiz? Agar bola emizikli bo'lmasa, qanday sut maxsuloti ishlatiladi?
- Sog'lom turmush tarzi: tibbiyot hodimi sizga tamaki tutuni tasirining oldini olish, mobil telefon, planshet, televizorning erta zararli tasirining oldini olish haqida, chaqalog'ingizni yotoqxonaga shishacha bilan, ayniqsa, ichida aralashmasi bo'lgan shishacha bilan yotqizmaslik haqida, quyosh nurlarining xavfsiz ta'siri va avtomobilda bolangizni qanday qilib xavfsiz tashish kerakligi haqida gapirib beradi.
- Oilaning yashash uchun harakati: Siz opa-singillar va aka-ukalarning rashkini engish va ish joyiga qaytish kabi masalalarni muhokama qilishingiz mumkin.
Tibbiy ko'rik va rivojlanishni baholash
- Shifokor bolani belgilangan tartibda tekshiruvdan o'tkazadi. U bolaning boshini tuta olishiga, tanasini muayyan xolatlarda ushlab turishiga e'tibor beradi. Shifokor yoki hamshira bolaning ikkala qo'lidan bir hil foydalana olishini, o'yinchoq ushlay olish olmasligini baholashga harakat qiladi; yuz ifodalarini, tana harakatlarini, sizning xona bo'ylab harakatlaringizga va turli qattiq tovushlarga qanday munosabatda bo'lishini kuzatadi. Ular sizdan bola tovushlar chiqaradimi, deb so'rashadi.
- Suhbatda faol ishtirok etishga tayyorlaning va sizni qiynayotgan ba'zi shubhalar yoki savollarga javobni tushuntirib berishlarini so'rang.
Emlash
- Sizning shifokoringiz / hamshirangiz bolangizni hozirgi kunga qadar emlash taqvimiga binoan emlashlarni olganligini tekshiradi.
- Ular sizdan so'nggi tashrif paytida olingan emlashni bola qanday qabul qilganligini so'rashadi.
- Agar bolaning sog'lig'i meyorda bo'lsa va u vaksinaning oxirgi dozasiga kutilgan tarzda javob ko'rsatgan bo'lsa, u bu safar ham emlashlarni oladi. U quyidagi emlashlarni oladi: bo'g'ma, qoqshol, ko'k yo'tal, gepatit B va Hemophilus influenza b ga qarshi kombinirlangan vaktsinani bir oyog'ining son sohasining old yon qismiga mushak orasiga, bir doza inaktivirlangan poliomielit vaksinasini ikkinchi oyog'ining son sohasining old yon qismiga mushak orasiga, oral poliomielit vaksinasini va Rotovirus infeksiyasiga qarshi vaksinani og'iz orqali.
- Ehtimol, sizga in'ektsiya joyida qizarish paydo bo'lsa, tibbiyot hodimiga murojaat qilishni maslahat berishadi.
- Emlashdan keyingi dastlabki kunlarda ba'zi bolalarda emlashdan keyingi reaktsiya sifatida engil isitma, asabiylashish va yig'i paydo bo'lishi mumkin, bu holda paratsetamol dori vositasi bezovtalikni kamaytirish uchun pediatr tomonidan tayinlangan dozada berilishi mumkin.
Xulosa
- Tashrif yakunida pediatr bolangizning sog'lig'i va rivojlanishi bo'lyicha o'z fikrini aytadi va yakuniy tavsiyalar beradi.
- Siz bolaning yoshiga mos keladigan ba'zi yozma eslatmalarni va kelgusi tashrif haqida xabar olishingiz mumkin.
Tashrifdan so'ng
- Tashrif davomida olgan yangi ma'lumotlar va tavsiyalaringizni yozing.
Muntazam ravishda tibbiy ko'rikdan o'tish farzandingiz uchun muhimdir, chunki u o'sishi va rivojlanishi uchun zarur ko'makni oladi, shuningdek siz uchun ham muhimdir, siz ota-ona rolini bajarishda katta qobiliyat va ishonch orttirasiz.