Nutq (tovush talaffuzi) buzilishi
Nutq va uni rivojlantirish haqida
Nutq bu – lablar, til va ogʻizning boshqa qismlari yordamida tovushlarni chiqarish qobiliyati.
Nutqni rivojlantirish uchun bolalar turli tovushlarni, shuningdek, bu tovushlarni oʻz ona tillarida birlashtirish qoidalarini tushunishlari kerak.
Aksariyat bolalar quyidagi yoshda ushbu tovushlarni oʻzlashtiradi:
- taxminan 3 yosh: b, p, m, n, x, d, k, g, e, t, f, y;
- 4–5 yosh atrofida: f, sh, ch, j, s;
- 6 yosh atrofida: l, r, v;
- 7–8 yosh atrofida: sh, z.
Koʻpgina bolalar dastlabki bir necha yil ichida nutqida xato qiladi. Ammo taxminan uch yoshga kelib, asosiy parvarishlovchilar, aka va opalar, shuningdek, tengdoshlari ularni tushunishlari mumkin.
Nutq buzilishlarini aniqlash
Agar farzandingiz nutqida buzilishlar borligidan xavotirda boʻlsangiz, uni tanimagan odamlar bolani tushunishga qanchalik qiynalishlari mumkinligini bilishingiz kerak.
Bola ikki yoshga toʻlganda har qanday notanish odam bolaning aytgan soʻzlarining 50–75 foizini tushunishi kerak.
Bola uch yosh va undan katta boʻlganida har qanday notanish odam uni deyarli toʻliq tushunishi kerak, garchi bola hali ham baʼzi tovushlar va soʻzlarni kattalar singari talaffuz qilmasa ham.
Baʼzi nutq buzilishlari bolaning jismoniy muammosi (masalan, tanglay yorigʻi) boʻlsa, nutq tovushlarini chiqarishni qiyinlashtiradi. Boshqa bolalar esa karlik yoki eshitish qobiliyatining buzilishi tufayli muammolarga duch keladi. Ammo koʻpchilik bolalarda nutq buzilishining aniq sabablari yoʻq.
Nutqning buzilishi nutq rivojlanishining kechikishidan farq qiladi. Nutq buzilishi bor boʻlgan bolalar soʻz va jumlalarni yaxshi tushunishlari hamda gaplarni toʻgʻri tuzish, nutq rivojlanishi kechikkan bolalar esa oʻz yoshiga qaraganda juda kam soʻz ishlatishi yoki siz nima demoqchi ekaningizni tushunmasgi mumkin.
Nutq buzilishi boʻlganda qachon yordam soʻrash kerak?
Agar farzandingizda nutq buzilishi boʻlsa, sizga mutaxassis yordami kerak boʻladi.
Farzandingiz uchun yordam soʻrab murojaat qiling, agar:
- bolaning nutqi uning yoshiga mos emas – faqat bir nechta tovush yoki shablon ishlatadi;
- soʻzlarni yoshiga mos ravishda talaffuz qilmaydi;
- gapirishidan hafsalasi pir boʻladi – masalan, uni tushunishmaganda, tovushlarni takrorlashga toʻgʻri kelganda yoki duduqlanganida xafa boʻlib qoladi;
- eshitish qobiliyatini yoʻqotgani sababli eshitmaydi.
Bolaning nutqida buzilish boʻlsa, kimdan yordam soʻrash kerak?
Agar farzandingizning nutqi rivojlanishidan xavotirda boʻlsangiz, pediatr, hamshira yoki bolangizning tarbiyachisi bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, mutaxassislar sizni logopedga yuborishi yoki siz oʻz xohishingiz bilan logopedga murojaat qilishingiz mumkin.
Farzandingizning nutqi bilan bogʻliq muammolar eshitish qobiliyatini yoʻqotishidan kelib chiqqan boʻlsa, shifokor sizlarni surdologga (eshitish muammolarini aniqlay oladigan shifokor) yuboradi.
Farzandingizning nutqini rivojlantirishga yordam berish
Yosh bolalar soʻzlarni kattalardan farqli ravishda talaffuz qilishlari odatiy holdir. Har safar xato qilishganda ularni tuzatishga hojat yoʻq, bu sizni ham, bolani ham asabiylashtirishi mumkin.
Agar siz farzandingizni toʻgʻri gapirishga undamoqchi boʻlsangiz, unga soʻzlarni qanday qilib toʻgʻri talaffuz qilishni muloyimlik bilan eslatib koʻrishingiz mumkin. Misol uchun, agar farzandingiz “Men gusni koʻrdim” desa, siz: “Qush qayerda? Qush nima qilyapti?”, deng. Bu yondashuv aytilmagan yoki boshqa tovushni takrorlashni oʻz ichiga oladi – “q” – tovushiga yengil urgʻu beriladi (qush).
Agar farzandingizning nutqini tushunish haqiqatan ham qiyin boʻlsa, u bilan muloqotda boʻlishga yordam beradigan baʼzi maslahatar:
- Farzandingizdan nima haqida gapirayotganini koʻrsatishini soʻrang – masalan, u xohlagan narsasini koʻrsatsin.
- Farzandingiz nima demoqchi boʻlgani haqida koʻproq maʼlumot olish uchun oddiy savollar bering, masalan: “Menga bugun nima boʻlganini aytyapsanmi? Bolalar bogʻchasida shunday boʻlganmi?” Keyin unga hikoyani oʻz tezligida yakunlashga imkon bering.
- Farzandingiz sekin gapiradi, buning qoʻrqinchli joyi yoʻq. Bolangiz siz uni tinglayotganingizni va u sizga xohlagan hamma narsani aytib berishi uchun qancha vaqt kerak boʻlsa, shuncha vaqt borligini tushunsin.
Nutqni rivojlantirishda nimadan tashvishlanmaslik kerak?
Garchi bolalar toʻgʻri tovushlarni chiqarishga qodir boʻlsa-da, lekin erta yosh davrida ularni soʻzlarda toʻgʻri ishlatmasliklari mumkin. Ular gapirishni oʻrganayotganlarida gapirishni osonlashtirish uchun kattalar nutqini soddalashtiradi.
Sizning kichkina farzandingiz nutqida quyidagi kamchiliklar boʻlsa, tashvishlanishga hojat yoʻqligini anglatadi:
- soʻzlardagi tovushlarni almashtiradi (“toʻp” oʻrniga “toʻ”);
- soʻzlarning oxiridagi tovushlarni tushirib qoldiradi (“qaymoq” oʻrniga “kamo”) ;
- qiyin tovush birikmalarini soddalashtiradi (“mushuk” oʻrniga “miyov”) ;
- boʻgʻinlarni tushirib qoldiradi (“oʻyinchoq” oʻrniga “oʻchok”).
Agar siz uning nima demoqchi ekanini tushunsangiz, uch yoshli farzandingiz hamon yuqoridagilarning barchasini bajarsa, bu meʼyor hisoblanadi. Ammo farzandingiz juda koʻp xato qilsa va siz nima demoqchi ekanini tushunolmasangiz, logopedga murojaat qilganingiz maʼqul.