Taomnoma tuzish boʻyicha takliflar

Har bir oilada uning anʼanalari, etnik va diniy kelib chiqishiga mos ravishda oʻziga xos ovqatlanish odatlari mavjud. Yuqorida farzandlaringiz va boshqa oila aʼzolaringiz uchun foydali va arzon boʻlgan oziq-ovqatlar taklif qilindi; ular oilaviy taomnomangizni boyitishga va oilaning iqtisodiy holatini hisobga olgan holda ayrim yangi mahsulotlardan bahramand boʻlishga yordam beradi.
Body

Nonushta uchun tavsiya etiladigan mahsulotlar:

  • Pishloq, tuxum, sut qoʻshilgan qovurilgan non
  • Sutda pishirilgan maydalangan makkajoʻxorili boʻtqa
  • Malina, mayiz qoʻshib pishirilgan suli boʻtqasi
  • Makkajoʻxorili non
  • Makkajoʻxori bodrogʻi/sutli myusli
  • Qaynatilgan tuxum yoki quymoq

Bolalar uchun tez sog'lom ovqatlanish: rasmlarda

Tushlik uchun tavsiya etiladigan mahsulotlar:

  • Sabzavotlar, koʻkatlar qoʻshilgan guruchli shoʻrva (mastava)
  • Yasmiqli (noʻxat, loviyali) shoʻrva, non va yangi tayyorlangan sabzavotli salat
  • Karam / bolgar qalampirga grechka yoki guruch solib pishirilgan doʻlma
  • Yangi tayyorlangan sabzavotli salat (sabzi, petrushka, lavlagi, turp, karam)
  • Sabzavotlar bilan dimlangan goʻsht
  • Sabzavotli baliq shoʻrva

Bolalar uchun tez sog'lom ovqatlanish: rasmlarda

Kechki ovqat uchun tavsiya etiladigan mahsulotlar:

  • Kartoshkali pirogchalar (karam yoki ismaloq qoʻshilgan)
  • Guruch va qovoqdan tayyorlangan sutli boʻtqa (shirqovoq)
  • Mavsumiy sabzavotli salat bilan dimlangan yoki qaynatilgan kartoshka
  • Bir piyola sut yoki qatiq.

Bolalar uchun tez sog'lom ovqatlanish: rasmlarda

Tamaddi uchun tavsiya etiladigan mahsulotlar:

  • Yangi meva yoki mevali salat
  • Uyda kakao, murabbo va mevalar solib tayyorlangan (tuxum qoʻshilmagan) pishiriqlar
  • Uyda pishirilgan murabbo / quyuq olxoʻri murabbosi surtilgan non
  • Guruch, tuxum yoki ozroq miqdordagi yangi mevalardan tayyorlangan pishiriqlar
  • Sharbat
  • Mevalar solingan qatiq

Bolalar uchun tez sog'lom ovqatlanish: rasmlarda