Butun oila uchun sogʻlom ovqatlanish
Koʻcha-koʻydagi hamma ovqatlar anchagina qimmat. Farzandingiz uchun uyda tayyorlanadigan taom nafaqat arzon, balki koʻchada sotiladigan ovqatlardan ancha sifatlidir.
Body
- Katta doʻkonlarda yangi va foydali mahsulotlarni sotib oling; chipslar, shirinliklar, ichimliklarni cheklang.
- Iloji boʻlsa, xarid qilishni oldindan rejalashtiring.
- Arzonroq va sifatliroq boʻlgan mavsumiy va mahalliy meva-sabzavotlardan foydalaning.
- Muzlatilgan sabzavotlar va baliqlarning ozuqaviy qiymati kamaymaydi, lekin ular arzonroq boʻladi.
- Uy xoʻjaligida mavsumiy sabzavotlarni yetishtirish va tuxum qoʻyuvchi parrandalarni boqish mumkinligini inobatga oling.
- Arzon mavsumiy mahsulotlardan qishki konservalar tayyorlang.
Oilani yaxshi ovqat bilan taʼminlash uchun har kungi saʼy-harakatlar va kurashlar (pul bilan taʼminlash, sabzavot, parranda goʻshti yetishtirish va h.k., qanday oziq-ovqat sotib olish kerakligi, ular qanchalik yangi va foydali boʻlishi, nimani qanday tayyorlash kerakligi – kesish, maydalash, aralashtirish, pishirish..., taom oilaga maʼqul boʻladimi, bolalar yeydimi, ovqatni buzilishdan, hasharotlardan, kemiruvchilardan qanday himoya qilish, yomon sharoitda idishlarni yuvish) oiladagi ayollarni charchatadi. Bu ishlar butun oila, ayniqsa, bolalar salomatligi uchun qanchalik muhimligini bilish ayollarni ruhlantiradi va oila boqishdagi cheksiz kundalik yumushlarda ularga kuch-quvvat va yaratuvchanlik qobiliyatini baxsh etadi.