Oila imkoniyatiga koʻra ovqatlanish ratsionining xilmaxilligi

Har bir oila oʻz farzandlarining oʻsishi va rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratib berishni xohlaydi. Moliyaviy yoki yashash sharoitlarining yomonligi, oilaning kattaligi yoki kutilmagan va favqulodda vaziyatlar bolalarni zarur oziq-ovqat bilan taʼminlashni va ular uchun taom tayyorlashni qiyinlashtiradi.
Body

Quyida farzandingizni kerakli oziq-ovqat bilan taʼminlash boʻyicha bir nechta tavsiya keltirilgan. Baʼzida bolaning ovqatlanish tartibiga kichik qoʻshimcha kiritish ham unga juda foydali boʻlishi mumkinligini yodda tutish zarur.

  • Qaynatilgan va ezilgan sabzavotlardan tayyorlangan taomiga bir choyqoshiq moy qoʻshing.
  • A vitamini bolani infeksiyalardan himoyalaydi va koʻrish oʻtkirligining rivojlanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Ona sutidan tashqari, u yashil bargli sabzavotlarda (pyurega bir nechta ismaloq bargini qoʻshing), sariq rangli meva yoki sabzavotlarda, tuxum va sut mahsulotlari tarkibida mavjud.
  • Dukkakli mahsulotlar yoki tuxumdan tayyorlangan pyure goʻsht oʻrnini bosishi mumkin.
  • Bolalar jismoniy va aqliy qobiliyatlarini yaxshilash va kamqonlikning oldini olish uchun temirga boy ovqatlarga muhtoj. Temirning eng yaxshi manbalari hayvon mahsulotlari – tuxum, goʻsht, jigar va baliqlar hisoblanadi. Yetarli miqdorda temir moddasi qabul qilinishini taʼminlashning yana bir usuli – temirga boy oziq-ovqatlardir (qoʻshimcha yoki sunʼiy ovqatlantirilayotgan bolalar uchun boʻtqa yoki sutli aralashmalar).
  • Bolaga kuniga kamida ikki marta yangi pishirilgan taom bering, qolgan ovqatlar quruq va yengil boʻlishi mumkin – meva, non, pechenye, banan. Xavfsiz oziq-ovqat tayyorlash va saqlash / bolani ovqatlantirishda xavfsizlikka rioya qilish muhim.
  • Ona suti ham mukammal “tez” taom hisoblanadi.

Agar moliyaviy yoki boshqa yordamga muhtoj boʻlsangiz, hududiy mahalla fuqarolar yigʻiniga murojaat qiling.

Agar sizga tibbiy maslahat kerak boʻlsa, pediatrga murojaat qiling.