Bola uchun sogʻlom ovqatni qanday tayyorlash mumkin?
Iloji boricha ozroq tuz ishlating. Pishib boʻlgan taomga tuz qoʻshmaslikka harakat qiling. Tayyor va konservalangan mahsulotlarda, shuningdek, qishki konservalarda tuz miqdori koʻp boʻladi. Qalqonsimon bez faoliyati uchun zarur boʻlgan yodni taʼminlash uchun ovqatlanish tartibida oz miqdorda tuz boʻlishi kerak.
Shakar / shirinliklarni ham iloji boricha kamroq isteʼmol qilish lozim, chunki ular semirib ketish va qandli diabet, shuningdek, tishlarning zararlanish xavfini oshiradi.
Foydasiz kaloriyalardan saqlaning – tarkibida uglevodlar, yogʻlar, shakar va tuz koʻp boʻlgan va boshqa kerakli moddalari boʻlmagan ovqatlar (chipslar, konfetlar, vaflilar). Ular zararli va qimmat.
Tayyor ovqatlar tarkibida sunʼiy maza beruvchilar, konservantlar va inson organizmiga, ayniqsa, rivojlanayotgan bolalar uchun zararli qoʻshimchalar ham bor.
Qayta ishlangan goʻshtlar, xususan, arzonroq kolbasa va sosiskalar koʻpincha kelib chiqishi nomaʼlum, tarkibida gormonlar, antibiotiklar, qoʻshimchalar va konservantlar mavjud boʻlgan past sifatli goʻshtdan tayyorlanadi.
Ularni bir-ikki marta yeyishning ziyoni yoʻq, lekin bir necha yil davomida tez-tez isteʼmol qilish organizmni zararlaydi.
Sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarini diqqat bilan oʻqing, yaroqlilik muddati, tarkibi, kelib chiqishi va ishlatilgan qoʻshimchalarga eʼtibor qarating.