13 oydan 24 oygacha bo'lgan bolalarning to'g'ri ovqatlanishi
Bolangizni talab bo'yicha kechayu-kunduz emizishda davom eting. Bu uning sog'lom va kuchli bo'lishini ta'minlaydi, chunki ona suti bolangizning ovqatining eng muhim qismi bo'lib qolmoqda. Bolalarga sun'iy aralashmalar yoki maxsus aralashmalar (bu 6 oylikdan katta bolalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan sut aralashmalari) berishga hojat yo'q, chunki ko'krak suti xilma-xil qo'shimcha ovqatlar bilan birgalikda bolangiz uchun zarur bo'lgan barcha oziq moddalarni beradi.Ona suti 12 oydan 24 oygacha bo'lgan bolada energiyaga bo'lgan ehtiyojining uchdan bir (1/3) qismini ta'minlaydi.
Bolaga qo'shimcha ovqat berishda oltita muhim jihatlarni e'tiborga olish kerak:
- Qo'shimcha ovqat berish davriyligi: Bolangizga qo'shimcha ovqatlarni kuniga 5 marta bering.
- Qo'shimcha ovqat miqdori: Ovqat miqdorini piyolaning to'rtdan uch (¾) qismidan 1 piyolagacha (250 ml hajmli piyola) ko'paytiring. Bolaga berilgan ovqatni iste'mol qilishiga ishonch hosil qilish uchun alohida likobchadan foydalaning.
- Qo'shimcha ovqat quyuqligi: Oila dasturxonidagi taomlarni, tamaddi uchu taomlarni kichkina bo'laklarga kesilgan xolda bering.
- Qo'shimcha ovqatning xilma-xilligi: Bolaga har ovqatlantirishda turli xil ovqatlar berilishga harakat qiling.
- Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlar mahsulotlari: kam yog'li mol va qo'y go'shti, tovuq, kurka, jigar, baliq, tuxum va sut mahsulotlaridan tayyorlangan va yaxshi pishirilgan qiyma bilan boqing.. Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini imkon qadar erta va tez-tez bera boshlang. Ularni yaxshilab pishiring va maydalang.
- Yaxshi pishirilgan va maydalangan loviya (po'stlog'idan tozalang).
- Pishirilgan sabzavotlardan bo'tqa: sabzi, sholg'om, oshqovoq, gulkaram, karam, bodring, lavlagi, baqlajon, pomidor, qovoq, brokkoli; shuningdek, turli xil sabzavotlarni yormali bo'tqa bilan birlashtirishingiz mumkin.
- Yumshoq mevalardan bo'tqa qo'shing: banan, olma, nok, shaftoli, olxo'ri. Ammo bolangiz faqat mevalar bilan emas, sabzavotlar bilan ham ovqatlanayotganiga ishonch hosil qiling.
- Tvorog, qatiq kabi sut mahsulotlari
- Yong'oqlarni ezib pasta holatiga keltirilgan shaklidan foydalaning
- Pishgan mevalarning bo'laklari yoki boshqa meva-sabzavotlarning bo'laklari tamaddi (asosiy ovqatlanish oralig'idagi qo'shimcha ovqat) sifatida kuniga bir yoki ikki marta taklif qilinishi mumkin.
- Yodlangan tuzdan foydalaning.
- 18 oylik yoshda bolaga maxsus vitamin-mineralli kukunni (uy sharoitida tayyorlanadigan oziq-ovqatni boyitish uchun moljallangan kukun korinishidagi mikronutrientlar aralashmasini) qayta berilishi kerak.
Shirin ichimliklar, shirin pechene / pechene / kremli pishiriqlar, qovurilgan taomlar yoki fast fud kabi yuqori darajada qayta ishlangan ovqatlarni bermang. Ushbu ovqatlar tarkibida yog', tuz va shakar ko'p miqdorda bo'lib, yana tarkibida konservantlar mavjud bo'lib, ular bolaning sog'lom o'sishiga to'sqinlik qiladi.
Suv bola uchun eng foydali (va eng arzon) ichimlikdir! Siz suvni tez-tez taklif qiling, har doim ovqatdan so'ng, bolaning chanqashini kutmang.
- Faol ovqatlantirish
Sabr-toqatli bo'ling va bolangizni ovqatlanishga faol ravishda undang. Bolangizni ovqat eyishga majburlamang. Bolaga berilgan ovqatni iste'mol qilishiga ishonch hosil qilish uchun alohida likobchadan foydalaning.. Bolaga ovqatni qo'li bilan eyishga ruxsat bering, uni mustaqil ovqat eyishga undang. Bolada o'zining oshxona anjomlari (qoshiq, likobcha) bo'lishi kerak.
- Gigiyenaga rioya qilish
Diareya va boshqa kasalliklardan saqlanish uchun tozalik muhim ahamiyatga ega. Farzandingizga oziq-ovqat yoki suyuqlik berish uchun toza qoshiq yoki kosadan foydalaning. Bolangizga beriladigan ovqatlarni xavfsiz va toza joyida saqlang. Ovqat tayyorlashdan oldin va bolani ovqatlantirishdan oldin qo'lingizni sovun va suv bilan yuving. Ovqatlanishdan oldin bolangizning qo'llarini yuving. Hojatxonadan foydalangandan s'ong va bolaning tagliklarini almashtirib, tozalagandan s'ong va tahoratidan keyin qo'lingizni sovun va suv bilan yuving.