1–2 yoshli bolalar uchun kunlik oziqlanish boʻyicha tavsiyalar

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net 1–2 yoshda
Body

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

1–2 yoshga toʻlgan bolalarga turli xil ovqatlar kerak boʻladi. Farzandingiz beshta taom guruhidan nima yeyishini oʻzingiz hal qilasiz. U ovqat yeyishni va qancha ovqatlanishni oʻzi hal qiladi. U har kuni emas, har hafta nima yeyishi haqida oʻylab koʻring.

 

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

Bu yoshda chaqaloqning ishtahasi kundan – kunga oʻzgarib turadi. Tavsiya etilgan kundalik porsiya – 0,5 porsiya meva; 2–3 porsiya sabzavot; 1–1,5 porsiya sut mahsulotlari; 4 porsiya don; 1 porsiya yogʻsiz goʻsht, tuxum, yongʻoq pastalari va dukkaklilar.

 

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

Kichkintoylarga koʻp suv kerak boʻladi. Bu – eng arzon, sogʻlom va chanqoqni bosadigan ichimlik. Bundan tashqari, ularga koʻp sut kerak. Alkogolsiz ichimliklar, meva sharbatlari, xushboʻylashtirilgan sut va suv, sport ichimliklari va energetik ichimliklardan saqlaning.

 

Oziq-ovqat guruhlari: har kungi meva, sabzavot, yorma va don mahsulotlari

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

Mevalar 1 porsiya = 1 ta oʻrtacha olma, banan, apelsin yoki nok; yoki 2 ta kichik olxoʻri, kivi yoki oʻrik; yoki 1 stakan toʻgʻralgan quruq yoki konservalangan meva (shakarsiz) yoki yarim stakan uyda tayyorlangan tabiiy meva sharbati. Kuniga 0,5 porsiya taklif qiling.

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

Sabzavotlar 1 porsiya=  yarimta oʻrtacha kartoshka (yoki shirin kartoshka, yoki makkajoʻxori); yoki yarim kosa pishirilgan sabzavotlar (brokkoli, ismaloq, sabzi, oshqovoq); yoki 1 stakan yashil bargli yoki xom salat sabzavotlari; yoki yarim kosa pishirilgan, quritilgan yoki konservalangan loviya, yoki yasmiq. Kuniga 2–3 porsiya taklif qilinadi.

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

Yorma va don: 1 porsiya = 1 tilim non; yoki 0,5 kosa qaynatilgan guruch, makaron, ugra, yoki 0,5 kosa boʻtqa; yoki ⅔ kosa bugʻdoy donining boʻlaklari; yoki ¼ kosa musli – yormali taom (xom yoki pishirilgan don, quritilgan mevalar, yongʻoqlar, kepak, bugʻdoy, asal va ziravorlardan tayyorlangan oziq-ovqat); yoki 1 ta doʻmboq boʻlka. Kuniga 4 porsiya taklif qiling – koʻproq donli mahsulotlarni taklif qilgan afzal.

Oziq-ovqat guruhlari: har kungi sut, oqsil va foydali yogʻlar

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

Sut mahsulotlari: 1 porsiya = 1 stakan (250 ml) sut; yoki 2 boʻlak pishloq; yoki ¾ kosa (200 gramm) qatiq; yoki 0,5 kosa oq pishloq. Yogʻli sut mahsulotlarini tanlang. Kuniga 1–1,5 porsiya taklif qiling.

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

Goʻsht, baliq, parranda goʻshti, tuxum, yongʻoq, dukkaklilar: 1 porsiya = 65 g pishirilgan yogʻsiz mol, qoʻy yoki buzoq goʻshti; yoki 80 g pishirilgan yogʻsiz tovuq yoki kurka goʻshti; yoki 100 gramm pishirilgan baliq filesi; yoki 170 g pishirilgan tofu (soyali tvorog); yoki 2 ta katta tuxum; yoki 1 stakan pishirilgan yasmiq, noʻxat yoki konservalangan loviya; yoki 1,5 oshqoshiq yongʻoq pastalari va yoyilishi (butun yongʻoqlar boʻgʻilish xavfini keltirib chiqarishi mumkin). Kuniga 1 porsiya taklif qiling.

Оvqatlanish tavsiyalari rasmlarda: 1–2 yoshli bolalar © Raisingchildren.net

Foydali yogʻlar: kuniga 1 porsiya toʻyinmagan yogʻni ovqatga, pishiriqqa, ziravor yoki pastalarga qoʻshishingiz mumkin. 1 porsiya = 1–2 choyqoshiq (5–10 g) zaytun, guruch yogʻi yoki margarin; yoki 1–2 choyqoshiq (5–10 g) yongʻoq pastasi; yoki 1 oshqoshiq (20 g) avakado. “Zararli” ovqatlardan saqlaning. Bu ovqatlarga chipslar, kekslar, pechenye, obakidandon, qovurilgan va olib ketiishga moʻljallangan ovqatlar kiradi. Ularda toʻyingan yogʻ, shakar va tuz koʻp boʻlishi mumkin.