Bolalar oʻyinida kattalarning ishtiroki

Farzandingiz siz bilan yoki yoningizda oʻynashni yoqtiradi, ayniqsa, ilk yoshlarida. Bolalar oʻyinida kattalarning ishtiroki har qanday yoshda juda muhimdir.
Body

Farzandingiz bilan oʻynash boʻyicha baʼzi tavsiyalar:

Oʻyinni boshlang, bolaga uni loyihalashga ruxsat bering

  • chaqaloqlar uchun bu erkalash yoki gaplashish uchun birma-bir vaqt ajratishni anglatishi mumkin; chaqaloq tashabbus koʻrsatadi va oʻynashni boshlaydi – harakat, qarash, ovoz orqali;
  • kattaroq bolalar uchun bu vaqtni va faoliyatni erkin boshqarish imkoniyatini berishni anglatadi;

Bolaning qiziqishlariga eʼtibor qarating va uni ragʻbatlantiring

  • oʻyinchoqlar, shuningdek, bola oʻynashi uchun boshqa materiallar; bu qutilar, barglar, toshlar, qalam va karton qogʻozlar, eski idishlar boʻlishi mumkin;
  • bola istalgan vaqtda olishi uchun ularni qoʻl yetadigan joyga qoʻying;

Vaqti-vaqti bilan birorta yangi narsa qoʻshing

  • yangi oʻyinchoq boʻlishi shart emas: eskisini boshqacharoq kiyintiring, tik turgan yoki oʻtirgan holatda joylashtiring yoki biror narsaning ichiga qoʻying; yonidan oʻtayotganda biror narsa ayting – oʻyinchoqni “gapirtiring”;
  • oʻyin gʻoyalari manbai sifatida yangi tajribalarni taklif qiling: bolani mashgʻulotlarga qoʻshing (ovqat pishirish, xarid qilish), sayr paytida koʻrgan narsalaringiz haqida gapiring, shaharning biror qismini oʻrganing, bola yoqtiradigan hayvon haqida koʻproq bilib oling, sayr paytida novdalar, barglar, mevalar kabi qiziqarli narsalarni qoʻlingizga oling.

Bolaning tashabbusi va yetakchiligini hurmat qiling

  • yodda tuting, bola uchun oʻyinning oʻzi mantiqiy hisoblanadi, garchi sizga boshqacha tuyulsa ham;
  • bolani, uning mahoratini, dunyoni qanday koʻrishini, qanday tasavvur qilishini va qanday xulosa chiqarishini qabul qiling va u nimaga qiziqayotganini va nimani oʻrganishni xohlayotganini anglay oling.

Oʻyinni rivojlantirish uchun bolangiz bilan ishlang

  • baʼzida kattalar oʻyinni “tuzatishga” yoki oʻynash ssenariysini belgilashga, qahramonning kiyim-boshini, qaddi-qomatini yoki xulq-atvorini “toʻgʻrilashga” harakat qiladi.
  • oʻyinning oltin qoidasi: bolaga oʻyinning harakati, syujeti, yoʻnalishi va natijasini belgilashga ruxsat bering;
  • oʻyinni toʻxtatmang;
  • Shuni yodda tutingki, oʻyin bu – maqsadga erishish yoki unda gʻolib boʻlish emas. Masalan, qurilish kubchalaridan koʻprik qurish maqsad emas, balki uni tasavvur qilish va unga erishish yoʻlini izlash muhimdir: kim koʻprik qurmoqchi edi, koʻprik nimadan qurilgan, koʻprik qurilayotgan paytda nima boʻldi, koʻprikni qurish uchun kim keldi.
  • bola nima boʻlayotganini, bola va oʻyin qahramonlari nima qilayotganini, oʻzlarini qanday sezayotganini, nimani boshdan kechirayotganini aytib berishi uchun uning yonida boʻling.
  • bolaning “koʻzgusi” boʻling, shunda u oʻz fikrlarini tekshirishi, oʻzgartirishi va rivojlantirishi mumkin.