Bolaning oʻsishiga nima taʼsir qiladi?
Bola koʻplab omillar taʼsiri ostida oʻsadi. Ulardan baʼzilari irsiydir, ammo yashash sharoitlari hamda atrof-muhit omillari kuchli taʼsirga ega va bolaning oʻsishi va rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Body
Irsiy omillar
- Bolaning oʻsishiga irsiy omillarning taʼsiri koʻpchilikka maʼlum.
- Oʻgʻil va qiz bolalarning tana vaznidagi farqni tugʻilgandanoq kuzatish mumkin.
- Bir xil jins va yoshdagi sogʻlom bolalarning boʻyi orasidagi farq katta boʻlishi mumkin.
- Shuningdek, sogʻlom bolaning oʻsishi hayotning uchinchi yilidan boshlab va undan keyin asosan ota-onalarning oʻrtacha boʻyiga bogʻliq boʻladi. Bu hodisa irsiy oʻsish potentsiali deb ataladi.
- Irsiy kasalliklar ham Daun sindromi, Shereshevskiy-Tyorner sindromi (xromosoma kasalligi) yoki Prader-Villi sindromi (gen kasalligi) singari holatlarda bolaning oʻsishiga taʼsir qiladi va bolalarda oʻsish potensialini kamaytiradi.
Atrof-muhit omillari
Oziqlanish har bir bolaning oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
- Bola immunitetini mustahkamlash va energiyaga boʻlgan asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun muvozanatlangan ratsionga ega boʻlishi kerak.
- U oqsillar (ayniqsa, hayot uchun muhim aminokislotalar), yogʻlar, uglevodlar, vitaminlar (ayniqsa, A va D), yod, temir, rux kabi elementlarni isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi.
- Kichik yoshli bolalarda yetarlicha oziqlanmaslik oʻz vaqtida oziq-ovqat yetishmovchiligini bartaraf etishni va bolalarning oʻsishdan orqada qolishining oldini olish uchun ovqatlanishning yetarli chastotasini talab qiladi. Bu esa shu davrda bolalarning alohida sezuvchanligi bilan bogʻliq uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
- Bolaning hayotidagi stressli vaziyatlar, masalan: qashshoqlik, oiladagi muammolar, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va eʼtiborsizlik kabilar, agar ular uzoq vaqt davom etsa, bolaning oʻsishi va rivojlanishiga muntazam salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
- Baʼzi dorilar, masalan, kortikosteroidlar yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida berilsa, oʻsishni sekinlashtirishi mumkin.
- Iqlim va ekologik sharoitlar ham oʻsishga taʼsir koʻrsatadi.
Bolaning oʻziga bogʻliq boʻlgan omillar
- Oʻsish surʼatlariga gormonlar, ayniqsa, oʻsish gormoni va qalqonsimon bez gormonlari, shuningdek, balogʻat davridagi jinsiy gormonlar bevosita taʼsir qiladi.
- Butun bolalik va balogʻat davrida oʻsish gormoni normal oʻsish surʼatini saqlab turishda muhim rol oʻynaydi.
- Boshqa gormonlar: kortizol, insulin, paratgormon, ovqat hazm qilish gormonlari va toʻqimalarning oʻsish omillari almashinuv jarayonlarida muhim rol oʻynaydi, ular almashinuv jarayonlari orqali oʻsishga taʼsir koʻrsatadi.
- Buyrak, ichak, oʻpka, yurak, jigar va immun tizimining orttirilgan surunkali kasalliklari paydo boʻlish vaqti, kasallikning ogʻirligi va davomiyligiga qarab, vaqtincha (kamdan kam holatlarda) yoki doimiy ravishda bolaning oʻsishini sekinlashtirishi mumkin.
- Bola tunda, uxlab yotganida oʻsadi; shuning uchun oʻsish bolaning faolligiga va uyqu davomiyligiga bogʻliq.
Olimlar taʼkidlashicha, inson tanasining oʻrtacha boʻyi hali ham oʻsib bormoqda; bu oʻsish ayollarga qaraganda erkaklarda koʻproq namoyon boʻladi, bu turmush sharoitining yaxshilanishi natijasi hisoblanadi.
Farzandingizning oʻsishini kuzatib boring, zarur holatlarda pediatr va boshqa mutaxassislarga murojaat qiling.