Muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqning tana tili
Muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqning tana tili haqida
Muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlarning tana tili oʻz vaqtida tugʻilganlarnikidan farq qiladi. Chunki muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlar kam yetilgan, kichikroq, teginish va shovqinga nisbatan sezgir va nimjon boʻlishadi.
Misol uchun, bunday chaqaloqning his-tuygʻulari nafas olish tezligi, terining rangi va tanadagi burishmalarda ifodalanishi mumkin. Bu narsalar tez-tez oʻzgarishi mumkin, ammo ular muddatidan oldin tugʻilgan chaqalo oʻzini qanday his qilishi toʻgʻisida tasavvur uygʻotadi.
Bundan tashqari, 24-haftada tugʻilgan chaqaloqning tana tili 34-haftada tugʻilgan chaqaloqnikidan farq qiladi. Misol uchun, muddatidan ancha avval tugʻilgan chaqaloqlar oʻz vaqtida tugʻilganlar kabi koʻzga uzoq vaqt yoki tez-tez qaray olmasligi mumkin.
Muddatidan oldin tugʻilgan chaqalogʻingizning tana tili va reaksiyalari kattalashib, kuchayishi bilan oʻzgaradi. Shu tariqa, farzandingiz oʻzini qanday his qilayotgani haqida aniqroq maʼlumotga ega boʻla boshlaysiz. Misol uchun, erta tugʻilgan chaqaloqlar oʻz muddatida tugʻilganlar kabi qattiq yigʻlamaydi, lekin siz yoshi ulgʻaygani sayin uning koʻproq yigʻlayotganini sezasiz. Kichkintoy ham, ehtimol, koʻzingizga qarashni xohlayotgandir.
Farzandingiz katta boʻlgani sari, siz ham aniqroq “holatlarni” kuzatasiz. Misol uchun, muddatidan oldin tugʻilgan mittigina chaqaloq faqat vaqti-vaqti bilan koʻzlarini ochishi mumkin. Ammo muddatidan oldin tugʻilgan yirikroq chaqaloq tobora uygʻoq boʻladi. U qattiq uxlashi, yengil uxlashi, uyqusiragan, uygʻoq, sergak, notinch yoki yigʻloqi boʻlishi mumkin.
Kutilmagan hodisalarga hamisha tayyor turing – muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlar kun sayin oʻzgarishi mumkin. Har kuni goʻdak bilan yanada yaqindan tanishishingiz va undan kelayotgan signallarni yaxshiroq qabul qilishni bilish sizga foydali boʻladi.
Chala tugʻilgan chaqaloq bilan muloqot qilishning eng yaxshi vaqti ular uygʻoq boʻlgan paytdir. Bunday vaqtda xotirjam va boʻshashgan holatdagi kichkintoyingiz bilan muloqot qilish osonroq.
Muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloq zoʻriqayotganini koʻrsatuvchi tana tili
Muddatidan erta tugʻilgan chaqaloq oʻzini noqulay, haddan tashqari zoʻriqqan, stressda his qilsa, buni tana tili orqali namoyon qilishi mumkin.
Bunday chaqaloq:
- uygʻonishi, uxlamasligi va xafa boʻlishi mumkin;
- kattarib, kuchga toʻlgani sari uygʻoqlikdan uyqusiragan yoki serharakat holatga oʻtishi yoki yigʻlashi mumkin;
- peshanasini tirishtirishi yoki tashvishli yuz ifodasini koʻrsatishi mumkin (baʼzan bunday ifoda “qosh usti yoyi” deb ataladi);
- qoʻl va oyoqlari bilan keskin yoki asabiy harakatlar qilishi, yuzini qoʻllari bilan yopishi, qoʻl va oyoq barmoqlarini yoyishi yoki qisishi mumkin;
- tez nafas olishi yoki yurak urishi tezlashishi mumkin;
- teri rangi rangpar, qizil, ola-bula yoki koʻkimtir boʻlishi mumkin;
- esnashi, aksirishi, hiqillashi, tiqilib qolishi yoki qusishi mumkin.
Agar chaqaloqni koʻtarganda ushbu belgilarni koʻrsangiz, uning ustini yopib, harakatsiz holatda ushlab turing va bir muddat hech narsa qilmang. Bu chora unga muvozanatni tiklab olishi uchun yordam berishi mumkin.
Farzandingiz inkubatorda boʻlsa, hamshiraga xabar bering va u bilanbirgalikda bolaning muhitini oʻzgartira olisholmasligingizga ishonch hosil qiling. Misol uchun, shovqin, yorugʻlik yoki chaqaloqning holatini yaxshilashingiz kerak boʻlishi mumkin.
Oʻz vaqtida oldin tugʻilgan chaqaloq tinchlanishi uchun qanday yordam berish haqidagi maqolamizda kichkintoyingiz noqulayligini yengillatish borasida koʻplab maslahatlar topasiz.
Muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloq boʻshashganining belgilari
Barvaqt tugʻilgan chaqalogʻingiz boʻshashgan va xotirjam ekanini faqatgina uning hech qanday noqulaylik belgilarini koʻrsatmayotgani orqali tushunish mumkin.
Quyidagi belgilar orqali vaqtidan oldin tugʻilgan kichkintoyingiz oʻzini yaxshi his qilayotganini bilolasiz:
- nafas olishi sokin;
- tanasi boʻshashgan;
- harakatlari keskin emas, yumshoq;
- harakatsiz va hushyor, hatto sizga yoki boshqa biror narsaga qarashni istashi mumkin.
Farzandingiz biror narsaga (koʻpincha yuzga) qarashga juda qiziqishi mumkin, uning tanasi harakatsiz boʻladi va nafas olishi sekinlashadi. Bu – muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqning atrofga qiziqayotganini koʻrsatishning bir usuli.
Oʻz vaqtidan erta tugʻilgan chaqaloq oʻsib-ulgʻaygani sari, hushyor turish va qisqa vaqt davomida mashqlar qilish kerak. Kichkintoyingiz bilan oʻynash, suhbatlashish, uni erkalash, qoʻshiq aytish yoki koʻzlariga qarash vaqti keldi. Bunday faol mashqlarni ehtiyotkorlik bilan bir maromda ushlab turib, ohista harakatlar orqali muvozanatlagan maʼqul.