Aka-uka, opa-singillarning kelishmovchiliklariga qachon aralashish kerak?
Baʼzan bu aka-uka, opa-singillarning kelishmovchiligidan bir muncha vaqt nari boʻlish kerak, chunki bu bolalarga oʻzlari kelishib olish imkoniyatini beradi. Ammo kelishmovchilikga qachon aralashib, ularni toʻxtatish kerakligini bilish muhimdir.
Agar kelishmovchilik jismoniy koʻrinish olsa, baqirish, yomon soʻzlar yoki masxaralash bilan bogʻliq boʻlsa, kimdir jabr korishidan oldin kelishmovchilikni bartaraf qilishingiz kerak.
Koʻp eʼtibor kelishmovchilikni kuchaytirishi mumkin. Chunki bolalar har qanday yoʻl bilan boʻlsa-da, hatto yomon xulq-atvori bilan ham eʼtibor qozonishni istaydilar. Agar bolalarga kelishmovchilik paytida eʼtibor bermoqchi boʻlsangiz, bu imkoniyatdan unumli foydalaning. Sizning aralashuvingiz kelajakda kelishmovchilikka barham berish va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini egallashda ularga yordam bersin.
Aka-uka, opa-singillarning kelishmovchiliklarini toʻxtatish: qadamla
Nizo boshlanganda nima qilish kerak:
- Yigʻi boshlanishidan oldin kelishmovchilikni toʻxtating. Buning uchun farzandlaringizni jismonan ajratish yoki tinchlanib olgunlaricha ularni xonaning boshqa-boshqa tomonlariga yuborish mumkin.
- Oʻzingizni xotirjam tuting. Bu imkonsiz tuyulishi mumkin, ammo maqsad vaziyatni yomonlashtirmaslikda. Kuchingizni tejashga va ragʻbatlantirmoqchi boʻlgan xatti-harakatlaringiz toʻgʻrisida ijobiy fikr bildirishga harakat qiling.
- Bu haqda keyinroq gaplashishingizni bolalarga ayting. Bolalar dastlab soʻzlaringizdan juda xafa boʻladi. Muammo haqida gaplashmasdan oldin hammaning tinchlanishini kuting. Bu holat katta yoshli bolalar bilan ertasi kuni ham davom etishi mumkin.
Agar avtoulov haydayotgan paytda kelishmovchilik kelib chiqsa, hар doim avtoulovni toʻxtating. Bolalar bilan gaplashish yoki ularni ajratish uchun orqaga oʻgirilish eʼtiboringizni yoʻldan chalgʻitadi.
Aka-uka, opa-singillarning kelishmovchiliklarini konstruktiv (butunligicha) tarzda boshqarish: maslahatlar
Ushbu maslahatlar aka-uka va opa-singillar oʻrtasida kelishmovchiliklar boshlanganda oʻzingizni bosib olishga yordam beradi:
- Barcha bolalarga nisbatan adolatli munosabatda boʻling. Ammo esda tuting, adolatli munosabat hamma bolalar uchun bir xil muolaja emas. Masalan, olti yoshli va ikki yoshli bolaga bir xil munosabatda boʻlish yaramaydi.
- Salbiy taqqoslashlardan saqlaning. “Sen undan kattaroq boʻlganing uchun yaxshiroq bilishing kerak edi” yoki “sen atayin qilding” kabi soʻzlarni aytish bola yanada xafa boʻlishiga yoki gʻazablanishiga olib kelishi mumkin.
- Nizo sabablarini aniqlang. Bu sizga nima qilish kerakligini hal etishga yordam beradi. Misol uchun, agar bola aka-uka, opa-singlisidan oʻyinchoq olgan boʻlsa, bunga aralashishingiz kerak. Agar shunday qilmasangiz, bola nizoni davom ettirish istagan narsasiga erishish usuli ekanini anglaydi. Farzandlaringizni kuzatib borish nizo sababini bilish va uni toʻgʻri hal qilishga imkon beradi.
- Xulq-atvorga munosabatni belgilashda oilaviy qoidalardan foydalaning. Siz farzandlaringizga tegishli oilaviy qoidalarni eslatib qoʻyishingiz va har qanday holatlarda unga izchil amal qilishingiz mumkin.
- Reja tuzing. Bu kichik kelishmovchiliklar va katta kelishmovchiliklarni qanday hal qilish haqida oʻylashni anglatadi. Masalan, bolalarga kichik kelishmovchiliklarni birgalikda hal qilishda yordam berishingiz mumkin. Ammo jismoniy zoʻravonlik bilan bogʻliq boʻlgan kelishmovchiliklar yoki kelishib olganingizdan soʻng sodir boʻladigan kelishmovchiliklarni hal etishda oldindan oʻylangan reja-xulosalardan foydalanasiz.
Aka-uka, opa-singillarning kelishmovchiligidan keyin muammolarni hal qilish: qadamlar
Nizodan keyin qilgan ishlaringiz kelajakda bolalar oʻz muammolarini qanday yoʻl bilan hal qilishni oʻrganishiga yordam beradi. Yaxshi natija olish uchun bola jahlidan tushguncha kuting, shunda bolalar yana fikr yuritishga tayyor boʻladi.
- Nimani rejalashtirayotganingiz haqida bolalarga ayting. Masalan: “Kelishmovchilikni toʻxtatish yoʻlini topmagunimizcha sizlardan hech kim kompyuterdan foydalanmaydi. Tushunyapsizmi? Hozir muammoni hal qilishimiz kerak. Bunga tayyormisiz?”
- Ikkala boladan ham muammo nimada deb oʻylashlarini soʻrang. Holatga boshqalarning nuqtayi nazaridan ham, oʻzlarining nuqtayi nazaridan ham baho berib koʻrishlarini tavsiya eting. Ikkalalari ham oʻz nuqtayi nazariga ega boʻlsa-da, kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkinligini ayting.
- Ikkala boladan nimani xohlashini soʻrang. Shuningdek, ularga oʻz istaklari haqida oʻylashga yordam berishingiz mumkin. Masalan: “Tohir, kompyuterni doim sen ishlatishing adolatdanmi?ʼ
- Birgalikda aqliy hujum. Bolalar muammoni hal qilish borasidagi gʻoyalardan “esi ogʻib qolishi”ga ham qoʻyib bering. Mulohazalarini muhokama qilmasdan ragʻbatlantiring. Oʻz yechimlaringizni qoʻshing va ularni yozib qoʻying.
- Fikrlarni baholang. Bolalardan qaysi gʻoyalarni ishlaydi deb oʻylashlarini soʻrashdan boshlang. Keyin xatosi kamroq, maʼqulroq qarorni izlang. Masalan, “Nima ish berishi mumkinligini kim biladi? Bunda nima yaxshi (yomon) boʻlishi mumkin?” deb soʻrang.
- Agar oldiniga biron-bir yechim topa olmasangiz, keyinroq bu masalaga qayting. Siz bolalarga baʼzi bir fikrlarni birgalikda ishlab chiqishni yoki shunga oʻxshash muammolarga duch kelgan boshqa odamlardan soʻrashini aytishingiz mumkin. Ota-onalarga moʻljallangan kitoblardan yoki saytlardan oʻzingiz uchun gʻoyalar qidirishingiz mumkin.
- Barchangiz yondashuv toʻgʻrisida kelishib olganingizdan soʻng, yechimni sinang va bu qanday ish berishini koʻring. Agar ishlar yaxshilanmasa, qaytadan boshlang.
Oʻz his-tuygʻularni boshqarish
Nizolar boshlanganda stressni his qilishingiz – meʼyordagi holat. Agar baʼzi muammolar sizni boshqalarga qaraganda koʻproq bezovta qilsa va baʼzi kunlarda tezroq xafa boʻlib qolsangiz, bu ham meʼyordagi holat.
Xotirjamlik esa haqiqatan ham yordam berishi mumkin. Agar holatga zudlik bilan aralashishga hojat boʻlmasa, 10 gacha sanang, shundan keyin harakatga kirishing.
Agar bu yordam bermasa, ishlaringizni boshqa odamga topshirib, yana biroz vaqt tanaffus oling.
Yana boshqa gʻoyalar bilan tanishish uchun stress, stressni kamaytirish va tin olish haqidagi maqolalarimizni oʻqing.
Aka-uka, opa-singillar urushib qolganida qachon yordam soʻrash kerak?
Farzandlaringiz bir-biriga nisbatan juda tajovuzkor yoki yomon munosabatda boʻlishsa, albatta yordam soʻrash kerak.
Bunday kelishmovchilik bolalar uchun juda achinarli va kelajakda munosabatlar bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin. Farzandlaringiz kelishmovchilik payti oʻzini qanday tutishi haqida tashvishlansangiz, yaxshisi, mutaxassis bilan maslahatlashing. Ishni farzandingizning umumiy shifokori bilan suhbatlashishdan boshlang.
Baʼzida bolalarning kelishmovchiliklari diqqat yetishmasligi va giperaktivlik (oʻta faollik) tufayli (DYGA) yuzaga keladi, bu esa bolalar oʻz xatti-harakatlarini boshqarishini qiyinlashtiradi. Bolalaringizning xatti-harakatlaridan toʻlasicha xavotirda boʻlsangiz, professionallardan maslahat olishingiz kerak.
Tushkunlik yoki asab tarangligi holatini his qilayotgan boʻlsangiz, yordam soʻrang. Ishni oilangiz, doʻstlaringiz va boshqa ota-onalar bilan suhbatlashishdan boshlashingiz mumkin. Tezkor maslahat kerak boʻlsa, tibbiy maslahat telefoniga qoʻngʻiroq qilib koʻrishingiz mumkin.