Maktabgacha yoshdagi bolalar xatti-harakatlari: nima kutish kerak?

Maktabgacha yoshdagi bolalar qiziquvchan, tez unutuvchan, mustaqil boʻlishga intiladi, ayni paytda oʻz-oʻzini tartibga solishni oʻrganishadi. Maktabgacha taʼlim bolangizga jamoada oʻz oʻrnini topishi, qoidalarga rioya qilishi haqida maʼlumot beradi. Maktabgacha yoshdagi xatti-harakatlarning umumiy tashvishlari jazava, odatlar, yolgʻon va tashvishlardir. Maktabgacha yoshdagi bola oʻz xatti-harakatlarini ijobiy yoʻllar bilan boshqarishini oʻrganishi kerak.  
Body

Maktabgacha yoshdagi bolaning xulq-atvori

Maktabgacha yoshdagi bolalar olamni oʻrganganida hayratlanadi va zavqlanadi. Asosan shu vaqtda ular sizga koʻpincha “kim?”, “nima?”, “nima uchun?” degan savollarni berishadi. Bola bilan biror ish qilayotganingizda kutilganidan koʻproq vaqt ketishi mumkin. Masalan, u yoʻlda toʻxtab oʻzini qiziqtirgan narsalarga qarashi mumkin.

Ular olamni oʻrganayotgan vaqtda baʼzan chalgʻiydi. Baʼzan sizni tinglamayotganday tuyiladi. Chunki u besh daqiqa oldin aytgan narsangizni hali ham tushunishga harakat qilayotgan boʻladi.

Oʻzini va atrof-olamni oʻrganishni boshlagan bola uchun mustaqil boʻlish muhim. Ammo bolalarda ishonch va oʻz-oʻzini hurmat qilish hissini shakllantirish uchun kattalarning yordami zarur. Bolaga eʼtiborli boʻlish, yangi koʻnikmalarni egallaganida uni ragʻbatlantirish kerak.

Maktabgacha yoshdagi bola uyda va maktabgacha taʼlim tashkilotida jamoa bilan kelishib keta olishi uchun oʻzini tushuna olishi, hissiyotlarini boshqara olishi muhimdir. Ammo bolangiz hali ham kuchli his-tuygʻularni toʻgʻri ifodalashda, xatti-harakatlarini boshqarishda, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda yordamga muhtoj boʻlishi mumkin.

Maktabgacha taʼlim tashkilotiga borish bolalar uchun nimasi bilan foydali?

Bolalar bu yoshda maktabgacha taʼlim tashkilotiga borishlari, ularni maktab taʼlimiga tayyorlashning asosiy bosqichidir. Baʼzi bolalarda maktabgacha taʼlim tashkilotiga koʻnikma hosil qilish uchun vaqt kerak boʻladi. Bu vaziyatda bolaning ota-onasi maktabgacha taʼlim tashkilotiga koʻnikishi uchun yordam berishi kerak. Chunki maktabgacha taʼlim bolangizga doʻstlar orttirish, oʻzaro hurmat va jamoa boʻlib oynash kabi koʻnikmalarga ega boʻlish imkoniyatini beradi. Bolalar MTTda umumiy qoidalarga rioya qilish kabi koʻnikmalarga ega boʻladi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning xulq-atvoridagi muammolar

Xavotir

Xavotir bu – bolalar rivojlanishining normal qismi boʻlib, koʻpincha oʻzlari yolgʻiz qolishdan yoki qorongʻulikda qolish kabi narsalardan qoʻrqishadi. Agar bolangiz juda koʻp qoʻrqish belgilarini koʻrsatsa uni qoʻrquvni tan olish, uni tashvishga soladigan narsalarni qilishga undash va maqtash orqali qoʻllab-quvvatlang. Agar xavotir bolangizning kunlik hayotiga muntazam ravishda taʼsir qilsa, shifokorga murojat qiling.

Tahqirlash, xoʻrlash

Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar bir-birlariga nisbatan bezorilik qilishlari mumkin. Farzandingiz maktabgacha taʼlim tashkilotida kaltaklanayotgan boʻlsa, u uyda ham, maktabgacha tashkilotida ham eʼtiborga muhtoj boʻladi. Bola har qanday zoʻravonlikning oldini olish uchun choralar koʻrishingizni bilishi zarur.

Kurash

Bolalar oʻrtasida kelishmovchiliklar va tortishib qolishlar tez-tez sodir boʻladi. Bunga bir necha omillar taʼsir qiladi – temperament, atrof-muhit, yoshi va koʻnikmalari. Siz oilangizda tortishuvlar boʻlmasligi uchun ushbu omillar bilan ishlashingiz kerak.

Odatlar

Bolalarning koʻp odatlari bor. Tirnoqlarini tishlash yoki sochlarini burash kabi. Farzandingizning odatlari sizni bezovta qilishi mumkin, lekin odatlar tashvishlanadigan narsa emas. Aksariyat odatlar oʻz-oʻzidan unitilib ketadi.

Yolgʻon

Siz bolangizning vaqti-vaqti bilan yolgʻon gapirishini sezgan boʻlishingiz mumkin. Bolada yolgʻon soʻzlashga rivojlanishning bir qismi deb qarash kerak. U koʻpincha uch yoshdan boshlanadi. Odatda kichik yolgʻonlar uchun ularni jazolashdan koʻra, kichik bolalarga halollik va haqiqat haqida gapirgan yaxshi.

Uyatchanlik

Maktabgacha yoshdagi bolalarda uyatchan xatti-harakatlar odatiy hol. Farzandingiz juda uyatchan boʻlsa uni ijtimoiy vaziyatlarda qoʻllab-quvvatlashga harakat qiling. Misol uchun, siz ertalab bir muddat maktabgacha taʼlim tashkilotida qolishingiz mumkin. Farzandingizni boshqalarga javob bergani, koʻz bilan aloqa qilgani yo sizdan uzoqda oʻynagani uchun maqtash ham yaxshi natija beradi.

Jazava

Farzandingiz jazavaga tushsa, u hali ham his-tuygʻularini ifoda etishni yaxshi oʻzlashtirmagan boʻladi. Agar siz bolangizning stressini kamaytirish, his-tuygʻularini tuzatish va jazavaga tushish sabablarini aniqlash ustida ishlasangiz u toʻrt yoshlarga kirganida jazavaga tushish holatlari ancha kamayadi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning xayoliy doʻsti boʻlsa, bunda tashvishlanmang. Hayoliy doʻstlar sogʻlom, faol tasavvurlarda boʻladi. Ular bolalarga his-tuygʻularni ifoda etish va ijtimoiy koʻnikmalarini amalga oshirishning ajoyib usullaridan biri.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga yaxshi munosabatda boʻlishga yordam berish: maslahatlar

Eslatmalardan foydalaning

Maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa xotiralarga ega va osongina asosiy fikrini yoʻqotib, chalgʻib ketishadi. Farzandingizga kerakli narsalar haqida bir necha marta eslatishingiz kerak boʻlishi mumkin. Misol uchun parkdan ketish vaqtidan sal oldin: “Uyga qaytamiz” deng. Keyin ketish vaqti kelganida: “Yana ikki marta argʻumchoqda uch, keyin ketamiz” deb ayting.

Hislarni baham koʻring

Agar maktabgacha yoshdagi bola uning xatti-harakatlari sizga qanday taʼsir qilishini tushunsa vaziyatni tushunib, moslashishi mumkin. Misol sifatida: “Men sendan xafaman, juda koʻp shovqin qilayotganing uchun telefonda gaplasha olmayapman”, deng. Eʼtirozni “Men” bilan boshlasangiz bolangiz xatti-harakatini siz uchun oʻzgartiradi.

Atrof-muhitni oʻzgartirish

Farzandingizning muhitini oʻzgartirib, muammoli xatti-harakatlarining oldini olishingiz yo kamaytirishingiz mumkin. Misol uchun, agar maktabgacha yoshdagi bola ukasi oʻyinchoqlariga tekkanida gʻazablansa, siz bolalar bezovtalanmay oʻynashi mumkin boʻlgan sokin joyni topishga harakat qiling.

Maktabgacha yoshdagi bola intizomi va uning xulq-atvori

Intizom bolangizda qaysi sharoitda oʻzini qanday tutish kerakligi haqidagi malaka shakllanishiga yordam beradi.

Bolani intizomga oʻrgatishda, xulq-atvorini oʻzgartirishda ragʻbat eng samarali usuldir. Masalan, farzandingiz tartibga amal qilishi uchun uni har bir qilgan ishi uchun maqtash lozim.

Oilaviy qoidalar har qanday yoshdagi bolalar uchun intizomning asosiy jihati hisoblanadi. Ular bolalarning xatti-harakatlarini ijobiy yoʻllar bilan koʻrsatib, siz kutgan xatti-harakatlarni namoyon qilishadi. Ammo maktabgacha yoshdagi bolalar qoidalarni unutishlari yoki eʼtiborsiz qoldirishlari ham mumkin. Shuning uchun qoidalarga rioya qilishni ularga eslatib turish kerak boʻladi.

Bolalarni tartibga oʻrgatish ularning xatti-harakatlarini boshqarishning qulay usuli. Chunki ular bolalarga nima qilmaslikni aniq koʻrsatadi. Turli vaziyatlarda yomon natijalarni koʻrishingiz ham ehtimol. Ammo bolangizning ijobiy xatti-harakatlariga eʼtibor qarating va natijalari doim yaxshi boʻlishiga erishing.

Unutmang, jismoniy jazo bolalarga tartibli boʻlishni oʻrgatmaydi. Aksincha ularga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, bolalar sizdan qoʻrqib qolishi, natijada munosabatlar chigallashib ketishi xavfi bor.

Maktabgacha yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va his-tuygʻulari

Farzandingiz biror narsani notoʻgʻri qilsa gʻazablanishingiz mumkin. Yaxshisi, ovqatlanish, yetarlicha uxlash va jismoniy faoliyat bilan shugʻullanishida bolaga yordam bering. Bola bilan uning ishongan doʻsti kabi muamala qiling. Farzandingizning xatti-harakatlari haqida xavotirlaringiz boʻlsa yoki nima qilish kerakligini bilmasangiz, mutaxassisga, psixologga murojaat qiling.