Nega bola uchun oʻyin muhim?

Oʻyin bu – bola oʻzi va atrof-olamni oʻrganishi, harakat, muloqot, boshqalar bilan munosabat oʻrnatish koʻnikmalarini egallashi va takomillashtirishi, narsalar va mavjudotlar oʻrtasidagi aloqalar haqida xulosa chiqarishi uchun eng tabiiy yoʻldir.
Body

Bola oʻynashi uchun eng yaxshi usul bu – rejalashtirilmagan yoki erkin oʻyin. Bu oʻyin oʻz-oʻzidan sodir boʻladi va faqat bolaning hozirgi paytda nimaga qiziqish bildirayotganiga bogʻliq. Bu bolaga oʻz tasavvuridan foydalanish va atrof-muhitni oʻziga – surʼati, qiziqishlari va uni jalb qiladigan oʻrganish uslubiga imkoniyat yaratadi. Erkin oʻyin haqida oʻylaganingizda, odatda tasavvur va rolli oʻyinlar xayolga keladi. Bunday oʻyin turi qutilardan uychalar va shaharlar yasash, haqiqiy yoki tasavvur qilingan asboblarda musiqa chalishni va shunga oʻxshash narsalarni ham oʻz ichiga oladi. Kattalar bu oʻyinda qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin.

Rejalashtirilgan oʻyin boshqacha boʻladi. U oldindan kelishilgan qoidalar va tartibga ega va koʻpincha kattalar tomonidan boshqariladi (oilalarda). Misol: stol oʻyinlari, sport, rolli oʻyinlar, boshqotirma kabilar.

Bolaning yoshi ulgʻaygani sari oʻynlar ham oʻzgarib boradi: oʻyinchoqlarni tanlash, oʻyin turi, tengdoshlar va kattalarning oʻyindagi ishtiroki va shunga oʻxshash oʻzgarishlar. Bola oʻsib borishi bilan oʻynash uchun tobora koʻproq joy talab qilinadi.

Bolaning nuqtayi nazaridan, har qanday izlanish, kombinatsiya, narsalardan foydalanish usulini oʻzgartirish imkoniyati, hech boʻlmaganda qisqa vaqt davomida oʻzi xohlagan kasb egasi (masalan, oshpaz, uchuvchi) boʻlish ham oʻyin ekanini ota-onalar yodda tutishi zarur. Shularni hisobga olgan holda bola nuqtayi nazaridan, oʻyin kelishilgan, ajratilgan vaqtda amalga oshiriladigan rejalashtirilgan faoliyat emas. Bola oʻynaydi va oʻyin orqali dunyoni zabt etadi.